“Afrosiyob” poyezdlarida yangi qulaylik yaratildi

Ushbu platforma maxsus serverlarda joylashgan bo‘lib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 9 noya – Sputnik. Tezurar “Afrosiyob” poyezdlarida Intranet, ya’ni ixcham Internet ishga tushirildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xabar berdi.
Bugungi kunda ushbu qulaylikdan “Afrosiyob” poyezdlarida, xususan, mamlakatdagi poyezdlarning uchtasida ishlab kelmoqda. Yana birida ushbu tizimni o‘rnatish va uni ishga tushirish jarayoni yakuniga yetkazilmoqda.
Ushbu platforma maxsus serverlarda joylashgan bo‘lib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilmoqda. Ushbu tizimdan foydalanish uchun yo‘lovchi login va parol bilan ro‘yxatdan o‘tishi lozim.
Shuningdek, Google, Facebook, Telegram kabi boshqa platform xizmatlari orqali ham autentifikatsiya qilish mumkin. Agar mijozda o‘z akkaunti mavjud bo‘lmasa, maxsus ro‘yxatdan o‘tish shaklidan foydalanib, uni yaratish imkoniyati joriy etildi.
Oltinchi tezurar Afrosiyob poyezdi Toshkentda kutib olindi - video
Poyezdda o‘rnatilgan Wi-Fi tarmog‘i orqali istalgan shaxsiy mobil qurilma (smartfon, planshet, noutbuk)larda kirish mumkin. Shuningdek, ushbu xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.
Yo‘lovchi restoran-vagon va bufetida ovqatlanish uchun onlayn buyurtma berish imkoniyatiga ega. Filmlar, kliplar, musiqa, futbol o‘yinlari, safardagi yo‘nalish haqida qo‘shimcha ma’lumot, mamlakatning diqqatga sazovor manzillar bilan tanishish mumkin.
Yaqin kelajakda ushbu xizmat turi mamlakatimizdagi boshqa yo‘lovchi poyezdlariga ham bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Intranet – bu to‘liq Internetga ulanish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda qo‘llaniladigan tizimdir.