Qozog‘istondagi konda fojia: olti kishi qurbon bo‘ldi

Abay konida ro‘y bergan fojiada olti konchi hayotdan ko‘z yumdi.
Sputnik
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyati Abay shahridagi Abay konida fojia ro‘y berdi – metan otildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea yuz bergan vaqtda konda 64 ishchi bo‘lgan, ulardan 56 nafari mustaqil ravishda tashqariga chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Qolgan 8 konchi foydali qazilma kovlab olinadigan joyda bo‘lgan.
Sputnik Qozog‘iston nashrining xabar qilishicha, hodisa oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 2 kishi esa jarohatlangan.
Jarohatlangan 2 konchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Kondagi ishlar vaqtincha to‘xtatilgan.
Olma-Ota viloyatida tartibsizliklar: bir o‘smir og‘ir ahvolda
Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin topshirig‘i bilan voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri Yuriy Ilin boshchiligidagi komissiya yo‘l olgan. Voqea sabablari va tafsilotlariga oydinlik kiritilmoqda.
Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev Qarag‘anda viloyatida konchilarning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan. Davlat rahbari hukumatga jabrlangan konchilarning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish to‘g‘risida topshiriq bergan.