Boks. Shahobiddin Zoirov JChda alamli mag‘lubiyatga uchradi

Boksor Shaxobiddin Zoirov
Shahobiddin Zoirov JChdagi ikkinchi jangida Yaponiya vakiliga yengildi.
Sputnik
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Serbiyaning Belgrad shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Shahobiddan Zoirov mag‘lub bo‘ldi.
-54 kg vaznli bokschi Shahobiddin Zoirov JChdagi ikkinchi jangini yaponiyalik Tomoya Suboiga qarshi o‘tkazdi. Afsuski, u 2:3 hisobida imkoniyatni raqibiga boy berib qo‘ydi.
Boksor Shaxobiddin Zoirov
Boksor Shaxobiddin Zoirov
Zoirov 29-oktabr kuni JChdagi ilk jangida serbiyalik Tamir Galanovga qarshi ringga ko‘tarilib, zafar quchgan edi.
Bunga qadar Belgraddagi JChni O‘zbekistonning dongdor bokschilari Hasanboy Do‘smatov va Shahram G‘iyosov tark etgan edi.
Boksor Lazizbek Mullojonov
Boks: Lazizbek Mullajonov eronlik raqibi ustidan g‘alaba qozondi