Kim nima taklif qildi: Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar Tehron sammiti

Eron, Pokiston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya va Xitoy TIV rahbarlari ishtirokida Afg‘oniston mavzusida sammit.
Sputnik
TOShKENT, 27 okt – Sputnik. Bugun Tehronda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar hamda Rossiya va Xitoy (onlayn) tashqi ishlar vazirlari ishtirokida xalqaro sammit bo‘lib o‘tdi, Sputnik Afg‘oniston xabariga asosan. Anjumanda so‘zga chiqqan tashqi ishlar vazirlari quyidagilarni taklif qilishdi.
Rossiya, Sergey Lavrov:
Afg‘onistondagi terrorchilar tashqaridan turib boshqarilmoqda. Qo‘shni davlatlar o‘z hududlariga AQSh va NATO kuchlarini o‘z hududlariga kiritmasligi kerak;
Terrorchilar Afg‘onistondan qo‘shni davlatlarga qochqinlar ko‘rinishida kirshga urinishmoqda. Tashqi muammolar hal bo‘lmagunicha Tolibon* samarali tashqi siyosat olib bora olmaydi.
Afg‘oniston bo‘yicha muzokaralarning “Moskva formati” – samarali va muqobili yo‘q hisoblanadi.
Rossiya Tolibon*ninklyuziv hukumat tashkil qilish hamda umumdavlat saylovlari o‘tkazish maqsadlarini hurmat qiladi;
Lekin Rossiya Tolibon*ga o‘z qarashlarini o‘tkazishga urinmaydi, lekin barcha etnik siyosiy kuchlar manfaatlarini hisobga olish – juda muhim.
"Tolibon"* katta siyosiy savdo olib bormoqda – Rossiya TIV
Eron, Xoseyn Amir Abdollaxiyan:
Tolibon* birinchi navbatda Afg‘oniston aholisining va chegaralarining xavfsizligi uchun javobgar;
Afg‘onistonda, barcha millat va elatlarning barqaror ishtirokida, inklyuziv hukumat tashkil qilish kerak;
Dunyo mamlakatlari bugun Afg‘onistonga siyosiy, gumanitar, terrorchilikk qarshi kurashda, narkotiklar savdosiga qarshi kurashda, inson va ayollar huquqlarini saqlashda yordam ko‘rsatishi kerak;
Afg‘onistondagi siyosiy kuchlar orasida muzokaralarda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish vositachilik qilishi mumkin;
Eron hududdagi davlatlar bilan razvedka ma’lumotlarini almashishni taklif qiladi;
Eron Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Afg‘onistonga yordam dasturini faollashtirishni taklif qiladi.
"Tolibon* hukumati qachon tan olinadi?" - Zamir Kabulov uch tilda javob berdi
O‘zbekiston, Abdulaziz Kamilov:
Afg‘onistonda yangi reallik: Tolibon butun Afg‘oniston hududida qamrab olgan muvaqqat hukumat tashkil qildi va xalqro hamkorlik qilishga harakat qilmoqda;
Afg‘oniston xalqaro izolyatsiyaga tushib qolmasligi uchun, hozir Afg‘oniston bo‘yicha postkonflikt strategiya ishlab chiqish kerak;
Afg‘oniston hududiy xavfsizlikning muhim faktori bo‘lib qolmoqda;
Tolibon*dan inklyuziv hukumat, inson va ayollar huquqlarini saqlash kutilmoqda;
Afg‘onistonning muzlatilgan mablag‘lari erkinlashtirish, uni iqtisodiy hamkorlikka va infratuzilmaviy loyihalarga chorlash, unga gumanitar yordam yetkazib berish va uni yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash kerak;
Tolibon* elektr energiyasi bo‘yicha barcha qarzlarni to‘lashga va’da berdi - Umurzakov
Tojikiston, Sirojiddin Muhriddin:
Tolibon* hukumat boshiga kuch ishlatish yo‘li bilan kelgan. Tojikiston pushtunlardan boshqa afg‘onlarning manfaatlarini hisobga olmaydigan Tolibon* hukumatini tan olmaydi;
Tojiklar afg‘on hukumatida o‘z o‘rniga ega bo‘lishlari kerak, chunki ular Afg‘oniston aholisining 46%ini tashkil qiladi;
Tojik-afg‘on chegarasi yaqinida terrorchilar faolashmoqda;
Xalqaro hamjamiyat tomonidan Afg‘onistonda bo‘layotgan voqealarni inkor payqamaslik, yangi fuqaro urushiga olib kelishi mumkin;
Toliblar Tojikiston bilan chegaradosh viloyatga minglab jangchilarini yubordi
Turkmaniston, Rashid Meredov:
Afg‘onistonning infratuzilmaviy loyihalariga kiritish – nafaqat Afg‘onistonning balkim butun hududning kelajagi uchun sarmoyaga aylanadi;
Turkmaniston Tolibon* bilan TAPI gaz quvuri, CASA-1000 elektr liniyasi hamda temiryo‘l loyihalari bo‘yicha hamkorlik masalalarini o‘rganmoqda;
Afg‘oniston qo‘shnilari qish vaqtida unga oziq-ovqat, dori-darmon va yonilg‘i masalasida yordam berishi kerak;
Afg‘onistonni postkonflikt davrda qayta tiklash masalasida BMT qaramog‘ida xalqaro anjuman o‘tkazish kerak;
Turkmaniston prezidenti kelasi haftada O‘zbekistonga keladi
Xitoy, Van I:
Afg‘onistonning xorija muzlatib qo‘yilgan aktivlari imkon qadar tezroq erkinlashtirilishi kerak va aholi ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanilishi kerak;
BMT va ShHt platformalari asosida Afg‘onistonda terrorchilikka qarshi kurash fondi tashkil qilinishi kerak;
Xitoy Afg‘oniston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida temir yo‘l barpo etadi
Pokiston, Shax Mexmud Kureyshi:
Afg‘oniston bo‘yicha quyidagilarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi” tuzish kerak: Afg‘onistonning siyosiy-iqtisodiy integratsiyasi, Afg‘onistonni tiklashga yordam berishi mumkin bo‘lgan davlat va tuzilmalar bilan hamkorlik imkonini o‘rganish;
Lekin Afg‘onistonni tiklashda eng muhim faktor bu – xavfsizlik masalasi.
Pokiston “Islom davlati”*ga qarshi kurashda Tolibon*ga yordam bermoqda - OAV
Ma’lumot uchun, Tolibon* harakati vakillari ushbu uchrashuvga taklif qilinmagan va ishtirok etmaydi.
* Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.