TOShKENT, 16-may — Sputnik. Xitoy Afg‘oniston, Eron va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘ylab yangi temir yo‘lini barpo etishni rejalashtirgan, deb xabar qildi Ariananews telekanali.
"To‘liq muvaffaqiyatga erishish uchun Afg‘onistonni ushbu dasturga kiritishimiz zarur bo‘ladi. Afg‘oniston Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo davlatlarini bog‘lovchi muhim bo‘g‘in hisoblanadi", — deb qo‘shimcha qilgan elchi.
O‘z navbatida, Afg‘oniston jamoat ishlari vazirligi matbuot kotibi Mehdi Ruhoniy Afg‘oniston uchun ushbu mintaqaviy loyihada ishtirok etish juda muhimligini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, tovarlarni tranzit qilishda Afg‘onistonning roli juda katta o‘rin egallashi mumkin.
Afg‘oniston savdo-sanoat palatasi ham ushbu yangi temir yo‘lning qurilishi Afg‘oniston iqtisodiyoti rivoji uchun juda foydaliligini ta’kidlagan.