Mirziyoyev MDH kuzatuvchilar missiyasi rahbarini qabul qildi

Sergey Lebedev Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti saylovida ishonchli g‘alabaga erishgani bilan samimiy qutladi.
Sputnik
TOShKENT, 25 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH kuzatuvchilarining mamlakatdagi missiyasiga boshchilik qilayotgan MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – ijrochi kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv avvalida Lebedev Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti saylovida ishonchli g‘alabaga erishgani bilan samimiy qutlab, mamlakat farovonligi va ravnaqini ta’minlash yo‘lidagi faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.
O‘zbekistonda saylov qonunchiligi va saylov tartibotlarini rivojlantirishda sezilarli yutuqlarga erishilgani alohida ta’kidlandi.
Lebedev: O‘zbekistonda prezident saylovlari raqobatbardosh, erkin, ochiq va oshkora o‘tdi
MDH doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Prezident O‘zbekiston Hamdo‘stlik makonida, eng avvalo iqtisodiy yo‘nalishda amaliy hamkorlikni mustahkamlashning qat’iy tarafdori ekanini ta’kidladi.
Xususan, tashkilotning shu oyda videoanjuman shaklida o‘tkazilgan yubiley sammiti yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Vorisova va Qodirov Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklashdi