TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Qozog‘istonning Almati shahrida O‘zbekiston fuqarosi uni Auezovsk tumani politsiyachilari kaltaklashganini aytmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik Qozog‘iston.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston fuqarosi politsiyachilarni ish beruvchidan shikoyat qilish uchun chaqirtirgan. Endi esa bir oydirki unga kuch ishlatganlarga chora qo‘llashlari istagida sarson bo‘lmoqda, prokuratura qiynoq to‘g‘risida jinoiy ish qo‘zg‘agan.
Timur Isakov – o‘zbekistonlik mehnat migranti, Almatiga iyun oyi oxirida kelgan. Xostelda xonani ijaraga olib, u yerda shar’iy nikohdagi xotini bilan yashagan. So‘ngra xostel xo‘jayini bilan tanishib, uning qo‘liga ishga o‘tgan. Ish haqida kelishuv og‘zaki bo‘lgan.
O‘zbekiston fuqarosi so‘zlariga ko‘ra, xostel xo‘jayini shu vaqtdan e’tiboran uning pasportini tortib olib, oradan ikki oy o‘tgach ham va’da qilingan maosh - 600 ming tenge (qariyb 1,5 ming dollar)ni to‘lamagan va migrantni qo‘rqitishga o‘tgan.
O‘zbekistonlik politsiyachilarga murojaat qilgan, ammo ish beruvchi kelgan huquq posbonlariga Timur Isakov go‘yoki xosteldan 78 ming tenge (180 dollar) o‘g‘irlaganini aytgan. Uchastka noziri migrantni ichki ishlar bo‘limiga olib borgan. Isakov u yerdan bosh jarohati, ikki qovurg‘asi singan badani shilingan va ko‘kargan holatda chiqqan.
"Fuqaro kiyimidagi oper kelib, mening pasportimni ko‘rsatib: "Seniki, shundaymi? Ichkariga kir!", – dedi. Ichkariga kirsam, u: "Xo‘sh, p…r, pullar qani?", dedi. Men: "Nimalar deyapsiz? Qanaqa pullar?", dedim. Cho‘ntagimdan hamma narsani chiqarib, kutilmaganda yuzimga musht tushirdi. Shu payt ortidan katta leytenant kirib keldi, formada. Hech kim o‘zini tanishtirmadi. Orqamda turib buyraklarimga zarba bera boshladi", - deya iqtibos keltirgan migrant so‘zlaridan nashr.
Timurning hikoya qilishicha, shundan so‘ng politsiyachilar uni sportivka bilan bo‘g‘ib, buyraklariga, qovurg‘alariga urishgan, boshiga tepishgan, lineyka bilan jarohatlab, stolning temir oyog‘i bilan kaltaklashgan.
Kaltaklangan migrant migrantni migratsiya xizmatiga, so‘ngra tuman sudiga va taqsimlovchi-vaqtinchalik saqlash joyiga olib borishadi.
Hujjatlari tekshirilganda, hammasi joyida ekani aniqlanadi.
Migrant ichki ishlar bo‘linmasiga qaytariladi.
U yerdan ko‘psonli jarohatlar bilan Isakov kasalxonaga olib boriladi. Shifokorlar barcha jarohatlarni qayd etib, analiz olishadi va tibbiy yordam ko‘rsatishadi.
Isakov sud tibbiy ekspertizasidan o‘tib, prokuraturaga murojaat etadi.
U yerda Isakovning arizasiga binoan Auezovsk tumani politsiyachilari tomonidan mansab vakolatini suiiste’mol qilish va Isakovga tan jarohatlari yetkazish holatlari bo‘yicha shikoyat xati qaydga olinadi.
Suddan oldingi tergov davomida Almati politsiyasi departamenti ichki xavfsizlik boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 362-moddasi 146-moddasi 1-qismiga o‘zgartiriladi, ya’ni T. Isakovga nisbatan qiynoqlar qo‘llash fakti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bu qilmish uchun eng kam ish haqining 5 ming barobarida jarima to‘lashni yoki shu miqdorda axloq tuzatish ishlariga jalb etilishni yoki 5-yilgacha ozodlikni cheklashni yoki 3-yilgacha muayan lavozimlarni yoki muayan ish bilan shug‘ullanishni cheklashni nazarda tutadi.
Migrantning so‘zlariga ko‘ra, sobiq ish beruvchi endi unga tahdid qilmoqda. O‘zbekiston fuqarosi Timur Isakov o‘z hayotidan jiddiy havotirda va uni himoya qilishlarini so‘ramoqda.