Rossiya mehnat migrantlarining huquqiy maqomi to‘g‘risidagi MDH konvensiyasiga qo‘shilmaydi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSituatsiya u migratsionnogo sentra v Podmoskovye
Situatsiya u migratsionnogo sentra v Podmoskovye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya, Mehnat vazirligining muvofiqlashtirilgan poziyatsiyasiga ko‘ra, mehnat migrantlarining huquqiy maqomi to‘g‘risidagi MDH konvensiyasiga qo‘shilmaydi.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Rossiya MDH mehnat migrantlarining huquqiy maqomi haqidagi konvensiyaga qo‘shilmaslikka qaror qildi. Bu haqida bosh vazir Mixail Mishustinning tegishli buyrug‘ida aytib o‘tilgan.

“MDH davlatlari mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarining huquqiy maqomi to‘g‘risida”gi konvensiyaga qo‘shilmaslik haqidagi Rossiya Mehnat vazirligining TIV va boshqa manfaatdor organlar bilan muvofiqlashtirilgan taklifi qabul qilinsin”, - deyilgan buyruqda.

Qabul qilingan qaror to‘g‘risida Rossiya diplomatik vakolatxonasi MDH ijroiya qo‘mitasiga xabar qiladi.
Eslatib o‘tamiz, MDHning 30-yilligiga bag‘ishlangan sammitda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston MDH mehnat bozorini rivojlantirish, mehnat migrantlarini tashkillashtirilgan tartibda ishga jalb qilish mexanizmlarini tezroq joriy etish tarafdori ekanini aytib o‘tgan edi.
Kishinyovda 2008-yilning 14-noyabrida qabul qilingan MDH mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari to‘g‘risidagi konvensiya bilan quyida tanishish mumkin.
Konvensiyani imzolagan davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston (2ta shart bilan), Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston. Kishinyov konvensiyasi 2010-yilning 21-fevralidan kuchga kirgan.
Yangiliklar lentasi
0