TOShKENT, 5 okt – Sputnik. Respublikdagi OAVlari xodimlarini malakasini oshiradigan hamda ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’sirlaridan yoshlarni himoyalab, ularning internetdan to‘g‘ri foydalanishlariga yordam qiladigan “Yangi media ta’lim markazi” (NTT) faoliyatini boshlaydi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Markaz faoliyat olib borishi uchun tegishli guvohnomani Adliya vazirligi tomonidan 4-oktabr kuni olgan.
Yangi NTTning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining axborotga bo‘lgan talabini qondirish, internetning milliy segmentini g‘oyaviy jihatdan boyitish;
· Aholining barcha qatlamlarida, ayniqsa yoshlarda tajovuzkor kontentga nisbatan mustahkam immunitetni shakllantirish;
· ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari vakillarining mediasavodxonligini hamda axborot xizmatlari xodimlari, jurnalistlar va blogerlarning malakasini oshirishga ko‘maklashishdan iborat.
Aytilishicha, “Yangi media ta’lim markazi” (NTT) xalqaro va milliy media makondagi yetakchi mutaxassislarni jalb qilgan holda seminar-treninglar, davra suhbatlari, mahorat maktablari, press-turlar, o‘quv ijodiy laboratoriyalari, to‘garaklar, maxsus o‘quv kurslarini tashkil etadi.
Shuningdek, Markazga – milliy OAVning xalqaro axborot makonda munosib o‘rin egallashishiga ko‘maklashish, milliy jurnalistikani nazariy jihatdan rivojlantirish uchun tajribali soha vakillarini jalb qilib darsliklar, elektron darsliklar, o‘quv va metodik qo‘llanmalar yaratishga e’tibor qaratishi belgilandi.