Bolalar jamoat fondi tashkil etilmoqda: uning vazifalari nimalardan iborat

© Unsplash / Guillaume de GermainJenshina derjit rebenka za ruku
Jenshina derjit rebenka za ruku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2021
Obuna bo‘lish
Fondga Davlat budjeti hisobidan 2021-2022 yillarda 100 milliard so‘m beg‘araz moliyaviy yordam ko‘rsatiladi
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.
Qaror bilan Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasi muassisligida Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etilmoqda.
Quyidagilar Bolalar jamoat fondining eng muhim vazifalari etib belgilangan:
og‘ir vaziyatga tushgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni aniqlash va ularga manzilli ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatish tadbirlarini tashkil etish va moliyalashtirish;
bolalarning hayoti uchun xavf soluvchi og‘ir, surunkali hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va ularni respublikada yoki zarur hollarda xorijiy davlatlarda davolash uchun tibbiy, ijtimoiy va moliyaviy yordam ko‘rsatishning qo‘shimcha mexanizmlarini joriy etish;
ehtiyojmand oilalarning farzandlari hamda imkoniyati cheklangan bolalarni bepul dori vositalari, tibbiy va protez-ortopedik buyumlar bilan ta’minlash;
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ta’lim olishlarida ko‘maklashish, shu jumladan, maxsus o‘quv adabiyotlar va o‘quv qurollari bilan ta’minlash;
nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy moslashtirish, ularga qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar o‘rgatish va ularni uy sharoitida o‘zini o‘zi band qilishi uchun asbob-uskunalar bilan ta’minlash;
og‘ir tashxisli kasalliklari bo‘lgan bolalarni parvarish qilayotgan kam ta’minlangan oilalarni homiylikka olish;
nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir, shu jumladan, ularga yuqori texnologik ixtisoslashgan reabilitatsion tadbirlarni tashkil etish va moliyalashtirish.
Bolalar jamoat fondi boshqaruvining yuqori organi uning muassislari umumiy yig‘ilishi hisoblanib, ushbu yig‘ilish har yili kamida bir marta o‘tkaziladi. Fondning Vasiylik kengashi Bolalar jamoat fondi boshqaruvining umumiy yig‘ilishlari oralig‘idagi rahbar organi bo‘ladi.
Bolalar jamoat fondining asosiy pul mablag‘lari savlat budjeti hisobidan 2021−2022 yillarda mablag‘larni amalda o‘zlashtirilishiga qarab 100 milliard so‘m miqdoridagi beg‘araz moliyaviy yordam, jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari, davlat, xorijiy va xalqaro tashkilotlar, chet davlatlar ajratadigan grantlar, kraudfanding mexanizmlari orqali kelib tushgan mablag‘lar, vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.
Deti na progulke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2021
Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etiladi
Yangiliklar lentasi
0