Toshkentdagi knyaz Romanov saroyi rekonstruksiya qilinib, muzeyga aylantiriladi

Qarorgoh rekonstruksiya ishlari yakunidan so‘ng O‘zbekistonning sayyohlik markazlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Bugun, Toshkentning tarixiy va me’moriy merosini asrash: “knyaz Romanov Saroyini restavratsiya qilish, muzey yaratish va doimiy ko‘rgazma tashkil etish” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Dvores Romanova v Tashkente
Toshkentdagi knyaz Romanovning sobiq qarorgohini restavratsiya qilish ishlarini Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi olib boradi.
Bugungi kunda binoni rekonstruksiyasi va muzey dizaynining dastlabki konsepsiyalari tayyorlandi.
Dvores Romanova v Tashkente
Loyihaga ko‘ra, bino va yon atrofdagi tarixiy qiyofasini saqlangan holda rekonstruksiya qilinadi, saqlanib qolgan eski daraxtlar yanada ko‘kalamzorlashtiriladi, mavjud favvoralar esa restavratsiya qilinadi.
Dvores Romanova v Tashkente
Saroyning bog‘ hududida jamoatchilik uchun ochiq maydon barpo etiladi. Shuningdek, eng muhimi Romanovlar kolleksiyasidagi san’at asarlaridan iborat ekspozitsiya yaratiladi.
Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abdulhakimovning so‘zlariga ko‘ra, doimiy ko‘rgazma 500 ga yaqin eksponatni o‘z ichiga oladi.
Dvores Romanova v Tashkente
Bir vaqtlar saroyni bezab turgan marmar va bronzadan yasalgan haykallardan tashqari, saroyga 120 tadan ortiq rasm va grafika, 75 ta haykal, 20 ta mebel qaytariladi. Rekonstruksiya ishlarini 2-yil ichida yakunlash rejalashtirilgan.
"So‘nggi besh yil ichida muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimiz tarixiy va madaniy merosini asrab-avaylash, uni o‘rganish va ommalashtirish borasida izchil ishlar amalga oshirildi. Knyaz Romanov saroyi binosini restavratsiya qilish – ana shunday yirik loyihalardan biridir", - dedi Abduhakimov.
Toshkentdagi sobiq Romanov saroyida muzey tashkil qilinishi mumkin
O‘zbekiston prezidenti patronaji ostida amalga oshirilayotgan mazkur noyob loyiha ishiga arxitektura va restavratsiya sohasining xalqaro professionallari jalb qilingan.
"Bizning maqsadimiz – bu betakror me’moriy yodgorlik va unga tutash bo‘lgan park maydonini saqlab qolgan holda, u yerda jamoatchilik vaqt o‘tkazishi uchun sharoit yaratishdir. Mehmonlar Markaziy Osiyo me’morchiligi uchun g‘ayrioddiy bo‘lgan bu joy bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi. Umid qilamizki, bo‘lajak muzey poytaxtimizning asosiy diqqatga sazovor turistik joylaridan biriga aylanadi”, – deb qo‘shimcha qildi bosh vazir o‘rinbosari.