Rossiya IIV migrantlarga muhim ogohlantirish bilan chiqdi

IIV “30 sentabrigacha o‘z maqomini tartibga solish maqsadida ichki ishlar organlariga murojaat qilmagan fuqarolar ma’muriy javobgarlikka tortiladi”, deb ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Rossiya Federatsiyasi prezidentining 2021-yil 15-iyundagi "Rossiya Federatsiyasida yangi koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oqibatlarini bartaraf etish davrida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomini tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 364-sonli farmonining ayrim qoidalari amal qilishi yakunlaganini ma’lum qildi.
“Shunday qilib, migratsiya qonunlarini buzgan va Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘z maqomini tartibga solish to‘g‘risida ariza bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari mumkin bo‘lgan muddat tugadi. Shuningdek, qoidabuzarlarni Rossiya Federatsiyasi hududidan chiqarib yubormaslik cheklovi ham bekor qilindi”, - deyilgan bayonotda.
Nolegal migrantlarni 30-sentabrdan so‘ng nima kutmoqda?
Rossiya Federatsiyasi hududida qonuniy ravishda yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shu jumladan 30-sentabrgacha o‘z maqomini qonuniylashtirgan fuqarolarga nisbatan vaqtincha qolish, vaqtincha va doimiy yashash, yashash joyida ro‘yxatdan o‘tish uchun muddatlarning o‘tishi avvalgidek to‘xtatilgan.
Bunday shaxslar migratsiya sohasida davlat xizmatlarini olish uchun arizalar bilan murojaat qilishi mumkin.
Rossiya Federatsiyasi tomonidan chet el davlati bilan transport aloqalariga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar olib tashlanganidan keyin, bu haqda RF hukumatining tegishli hujjati chiqadi, farmonda nazarda tutilgan choralar yana 90 sutka davomida o‘z kuchida qoladi.
Moskva politsiyasi migrantlarga ogohlantirish bilan chiqdi
2021 yil oxirigacha hujjatlarni topshirish muddati va mamlakatga kirishda e’lon qilgan maqsadi haqidagi talablarni hisobga olmagan holda patent olish va qayta rasmiylashtirish mumkin, YeOII davlatlari fuqarolari, tashrif belgilangan maqsadidan qat’i nazar, mehnat shartnomalari yoki fuqarolik qonunlarini tuzish huquqini saqlab qoladi.
Chet ellik ishchilarni yollashga ruxsat olgan ish beruvchilar esa chet el fuqarolarining Rossiya Federatsiyasiga kelish maqsadiga qo‘yilgan talablarni hisobga olmagan holda chet el fuqarolariga ishlash uchun ruxsatnomalarini olish yoki uzaytirish maqsadida ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
2020 yil 15-mart holatiga Rossiya Federatsiyasida bo‘lish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan va shu yilning 30-sentabrigacha o‘z maqomini tartibga solish maqsadida Ichki ishlar organlariga murojaat qilmagan fuqarolar Rossiya Federatsiyasi hududida noqonuniy bo‘lgan deb hisoblanadi va ma’muriy javobgarlikka tortiladi.