Moskva politsiyasi migrantlarga ogohlantirish bilan chiqdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishInostranes vozle Yedinogo migratsionnogo sentra Moskovskoy oblasti
Inostranes vozle Yedinogo migratsionnogo sentra Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2021
Obuna bo‘lish
Moskva politsiyasi migrantlarga oktabrgacha o‘z maqomini qonuniylashtirish zarurligini eslatdi.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Moskva politsiyasi Rossiya Federatsiyasida bo‘lgan migrantlarga 30-sentabrgacha o‘z maqomini qonuniylashtirish zarurligini eslatdi.
Gap Rossiya Federatsiyasiga 2020-yil 15-martgacha kelgan va 2021-yil 16-iyun holatiga ko‘ra Rossiyada qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar haqida ketmoqda.

Qanday qilib qonuniylashtirish kerak

Ichki ishlar vazirligining hududiy bo‘linmalariga huquqiy maqomni tartibga solish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilish kerak.
O‘z maqomini hal qilgan chet elliklar, RFda bo‘lishga ruxsat berilgan muddat ichida, ishlash va vaqtinchalik yoki doimiy yashash uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish uchun IIVning hududiy organlariga murojaat qilishlari mumkin.

Ulgurmaganlar esa...

Huquqiy maqomini belgilangan tartibda hal qilmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan Rossiya Federatsiyasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ma’muriy choralar qo‘llaniladi - deyilgan politsiya xabarida.

Huquq-tartibot organlari fuqarolarga migratsiya bo‘linmalariga oldindan murojaat qilishni maslahat berishdi.
Avvalroq, chet elliklar noyabr oyida Putilkovodagi migratsiya markazining yopilishi haqida ogohlantirilgandi - uni “Saxarovo” ko‘p tarmoqli migratsiya markazi bilan birlashtirishga qaror qilindi.
Chet elliklarni boshqa o‘zgarishlar ham kutmoqda: RF IIV migrantlarning Rossiyada bo‘lish qoidalarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi.
Masalan, Rossiya Federatsiyasiga kelgan vaqtda mehnat migrantlari "qonun qoidalarga rioya qilish shartnomasi" ni imzolashga majbur bo‘ladi.
Bundan tashqari, ishlash uchun kelgan chet el fuqarolari ichida daktiloskopiya ma’lumotlari bo‘lgan ID-kartani olishlari kerak bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0