Nolegal migrantlarni 30-sentabrdan so‘ng nima kutmoqda?

© Pexels / PixabaySilueti mujchin
Silueti mujchin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyada migrantlarning mamlakatdagi holatini qonuniylashtirish uchun berilgan muddat tugamoqda.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Mamlakatda qonuniy bo‘lib turgan migrantlar “xotirjam ishlashlari mumkin”, deya ta’kidlandi Rossiya ichki ishlar vazirligida.
Rossiyada migrantlarning mamlakatdagi holatini qonuniylashtirish uchun berilgan muhlat tugamoqda.
Chet elliklar berilgan muhlatda qonuniy holatlarini rasmiylashtirmasa, ularga deportatsiya yoki boshqa ma’muriy choralar qo‘llaniladi.

30 sentabrdan so‘ng noqonuniy bo‘lib turgan fuqarolarga nisbatan Federal qonunning 115 normasi qo‘llanadi, unga ko‘ra, ichki ishlar xodimlari RF hududidan chiqarib yuborishgacha bo‘lgan ma’muriy harakatlarni qo‘llashlari mumkin

Nachalnik Glavnogo upravleniya po voprosam migratsii MVD RF general-leytenant Valentina Kazakova - Sputnik O‘zbekiston
Valentina Kazakova
RF Ichki ishlar vazirligi migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarma boshlig‘i
Bosh boshqarma boshlig‘i, maxsus reydlar o‘tkaziladimi, degan savolga politsiya har kuni tekshiruv, shu jumladan nolegallarni aniqlashga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazishi haqida javob berdi.
Kazakovaning aytishicha, Rossiya hududida 30-sentabrgacha qonuniy bo‘lib turgan fuqarolar uchun hech narsa o‘zgarmaydi.
Bosh boshqarma boshlig‘i legal migrantlar “xotirjam ishlashlari mumkinligi” va hech narsadan xavotir olmasliklarini ta’kidladi.
Avvalroq Ichki ishlar vazirligi Rossiyada nolegallar soni kamayganini e’lon qilgandi. Qayd etilishicha, Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan 1 million chet el fuqarolari o‘z maqomlarini qonuniylashtirgan.
Yangiliklar lentasi
0