DXX 16-fevral voqealariga aloqador terrorchini qo‘lga oldi

1999 yilda amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlarida ishtirok etgan shaxs 22-yil o‘tib qo‘lga olindi va Toshkentga olib kelindi.
Sputnik
TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Davlat xavfsizlik xodimlari (DXX) tomonidan “Turkiston islom harakati” (TIH) xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zosi, O‘zbekiston hududida o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgan Yu.J. xorijda qo‘lga olindi. 23-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda O‘zA DXX matbuot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.
Chlen mejdunarodnoy organizatsii "Islamskoe dvijenie Turkestana" Yu.J., naxodivshiysya 23 goda v roziske za sovershenie tajkix prestupleniy na territorii Uzbekistana, zaderjan.
Ma’lum qilinishicha, 1969-yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan ushbu shaxs 1998-yilning boshlarida Chechenistonga borib, iordaniyalik Amir Xattob tomonidan tashkil qilingan jangarilar lagerida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va o‘sha yilning oxirlarida Afg‘onistondagi TIH xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilgan.
Ma’lumotga ko‘ra, 1999-yilning yanvar oyida tashkilot yetakchilarining ko‘rsatmasi bilan u aylanma yo‘llar orqali Toshkent shahriga kelib, badavlat odamlarning uylarida bosqinchiliklarni amalga oshirgan. Ularning pul va qimmatbaho buyumlarini o‘zlashtirib, Afg‘onistondagi TIH yetakchilariga yuborgan.

Mazkur shaxs 1999-yil 16-fevral va 2004-yil 30-mart kunlari Toshkent shahrida amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlarida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, u 1998—2006 yillarda xorijiy davlatlardagi xalqaro terroristik tashkilotlar safida jangovar harakatlarda qatnashgan.
Hozirda Yu.J.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
1999 yil 16-fevralda Toshkentda, shu jumladan, Mustaqillik maydonidagi hukumat binosi yaqinida bir qator kuchli portlashlar sodir bo‘lgan edi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 13 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq odam jarohatlangan.
Toshkentda o‘n nafar “Hizb ut-Tahrir”* a’zolari qo‘lga olindi