Simonyan RT kanallarining yo‘q qilinishini media urush, deya baholadi

O‘z navbatida, Margarita Simonyan, YouTube tomonidan iddao qilinayotgan "aniq" qoidalar hech qayerda o‘z aksini topmaganini ta’kidlamoqda.
Sputnik
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. YouTube videoservisining RT DE va DFP kanallarini qayta tiklash imkoniyatisiz yo‘q qilish haqidagi qarori — bu to‘laqonli media urushning e’lon qilinishidir, dedi RIA Novostiga "Rossiya segodnya" media-guruhi va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan.
Ikki kanalning bloklanganligi haqida Simonyan kuni kecha xabar bergan edi.
Videoservisga egalik qiluvchi Google matbuot-xizmatiga ko‘ra, yopilgan kanallar YouTube'ning "aniq belgilab qo‘yilgan foydalanish shartlarini buzgan".
"RT DEga sal avval COVID-19 koronavirus infeksiyasi haqida bizning qoidalarimizga zid bo‘lgan yolg‘on tibbiy ma’lumot yuklagani haqida ogohlantirish yo‘llangan edi. Bu holat ularning videoni e’lon qilish huquqlari vaqtincha to‘xtatilishiga olib keldi. Huquqlar to‘xtatilgan vaqtda kanal egalari boshqa kanaldan foydalangan holda cheklovlarni aylanib o‘tishga harakat qilgan, natijada ikkala kanal ham YouTube shartlarini buzganligi uchun yopilgan", - deyiladi korporatsiya javobida.
O‘z navbatida, Simonyan, YouTube iddao qilayotgan "aniq" qoidalar hech qayerda yozilmaganini qayd etmoqda.
Jurnalistlarni ta’qib qilish: G‘arb Boltiqbo‘yi davlatlari yutuqlariga havas qiladi
"Biz o‘z auditoriyamizni birinchi marta ikkinchi kanalimizga taklif qilayotganimiz yo‘q. Ammo faqat bugun ular ikkala kanalni yopib yuborish qarorini qabul qilishdi. Bir vaqtning o‘zida YuoTube xostingida emlanishga qarshilar, barcha turdagi terrorchilar va fashistlar bemalol chiqish qilmoqda. Ular bizni ko‘p bora cheklab kelgan, ammo bu safar shunchaki yo‘q qilishdi. Bu Germaniya tomonidan Rossiyaga nisbatan to‘laqonli media urush e’lon qilinishidir", — dedi bosh muharrir.
Roskomnadzor Google'ga xat yo‘llab, "maksimal qisqa muddatda "RT DE" va "Der Fehlende Part" kanallaridan barcha cheklovlarni olib tashlashni" talab qildi. Idora YouTube ma’muriyati harakatlarini senzura sifatida baholashini bildirib o‘tgan.
Roskomnadzor shuningdek, kanallarni blokdan chiqarish talabi rad etilsa, YouTubega bir million rublgacha jarima solinishini, holat takrorlansa - jarima miqdori uch milliongacha oshishini eslatib o‘tgan.
Iyul oyida Lyuksemburg media-regulyatori "texnik mezonlarga nomuvofiqligi" sababli RTga nemis tilida efirga chiqish lizensiyasini bermagan edi.
AQSh razvedkasi Sputnik va RT faoliyati bilan qiziqdi
TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ushbu qaror "misli ko‘rilmagan hodisa", deya baholadi. Diplomatning aytishicha, "bu qo‘shni GFR hukumatining Lyuksemburg tomoniga ochiqchasiga o‘tkazgan bosimning nomadaniy, ammo kutilgan natijasi, Germaniya rasmiy shaxslarining ko‘psonli bayonotlari bunga yorqin dalil bo‘la oladi".
G‘arbda Rossiya OAVlari bilan bog‘liq holat so‘nggi yillarda tobora murakkablashib bormoqda. 2016-yilning noyabrida Yevropa parlamenti Sputnik va RTga qarshi kurashish to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qilgan.
Vladimir Putin, ushbu hujjatga izoh berar ekan, mazkur nashrlarning jurnalistlarini sermahsul faoliyat bilan qutladi. Putinga ko‘ra, ushbu holat g‘arb jamiyatida demokratiya haqidagi tasavvurlar degradatsiyaga uchrayotganining yorqin dalilidir.