TOShKENT, 27 sen – Sputnik. Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘anining Facebook᾽dagi sahifasi hujumga uchradi. Bu haqda siyosatchining Twitter᾽dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
“Ashraf G‘anining Facebook᾽dagi rasmiy sahifasi hujumga uchradi. Unda kechadan boshlab joylashtirilgan xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, - deyilgan bayonotda.
Avvalroq G‘anining Facebook᾽dagi sahifasida sobiq prezident go‘yoki xalqaro hamjamiyatni toliblar hukumatini tan olishga chorlayotgani haqidagi xabar paydo bo‘lgan edi. “Xalqaro hamjamiyat afg‘on xalqini ajratib qo‘ymasdan hozirgi hukumat bilan hamkorlik qilishi kerak. Yordam bering <...> va uning tan oling”, - deyilgan xabarda.
15 avgust kuni "Tolibon" vakillari Kobulni qurshab olgach, 2014-yildan buyon mamlakatga rahbarlik qilib kelgan prezident Ashraf G‘ani Afg‘onistonni tark etgan edi. Hozir u Birlashgan Arab Amirliklaridan boshpana topgan.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti