Rossiya snayperlari Tojikistonda mashg‘ulot o‘tkazmoqda: zirhni teshuvchi “Kord-M” miltig‘i

Afg‘oniston chegarasidan uncha uzoq bo‘lmagan Lohur tog‘ tizmasida, Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasi snayperlari katta kalibrli ASVK-M "Kord-M" miltiqlaridan maksimal masofada o‘q otish mashqlarini bajarishdi.
Sputnik
Tojikistondagi 201-Rossiya harbiy bazasi (RVB) snayperlari katta kalibrli ASVK-M "Kord-M" miltiqlari bilan - 2000 metrgacha o‘q otishni amalga oshirishdi.
Mutaxassislarning tayyorgarlik darajasi va eng yangi qurollarning texnik ko‘rsatkichlari janubiy yo‘nalishdagi qiyin vaziyat va potensial tahdidlarga to‘liq mos keladi. Shaxsiy va guruhli nishonlarni yakson qilish, charchatish va bostirish vazifalari turli masofalarda snayperlar juftligi sifatida bajarilgan. Oldindan snayperlar asosiy va yolg‘on pozitsiyalarni tayyorlash va maskirovka qilishni amalga oshirdilar, razvedka qurilmalari yordamida o‘q otish ma’lumotlarini aniqladilar.
Toliblarni Afg‘onistondagi ichki va tashqi hokimiyati: MO davlatlari nega hushor bo‘lsin
Poligon mashg‘ulotlarida mutaxassislar taktikani va shaxsiy ko‘nikmalarinitakomillashtirmoqda. "Raqib" karvoniga yetarlicha yaqinlashganda, snayperlar avtomatik zirhli mashinalarning asosiy bo‘linmalarini tezda ishdan chiqarib, so‘ngra jangarilar qo‘mondonlik shtabini yo‘q qilishi kerak. Kunduzi va tunda kuzatish va nishonga olish moslamalari (ballistik kalkulyatorlar), yerning holatini hisobga olgan holda, jangovar pozitsiyalarning maskirovka va yashirin harakatiga alohida e’tibor qaratiladi.
E’tibor bersak, 12,7 mm kalibrli katta “Kord-M” miltig‘i bilan bunday harakat qilish oson ish emas. Poligonmashg‘ulotlar juda muhim, chunki Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyat keskinlashuvi kuzatilmoqda, AQSh va NATO qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqilganidan keyin xalqaro terroristik tashkilotlar faollashmoqda.
“Mirnaya missiya-2021”: Markaziy Osiyo mushtini tugmoqda
Rossiya markaziy harbiy okrugi qo‘mondoni Aleksandr Lapin ilgariroq aytgandi: "Tolibon”* Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritishi fonida "IShID"* va boshqa xalqaro terrorchilik tashkilotlari pozitsiyalarining kuchayishi ayniqsa tashvish uyg‘otmoqda. Ularning Markaziy Osiyo davlatlarining chegaradosh hududlariga kirib kelish xavfi kuchaymoqda.
Rossiyalik snayperlar va 201-RVBning boshqa mutaxassislari jangarilar bilan Panj darosining o‘ng qirg‘og‘ida, Tog‘li Badaxshonda va boshqa xavotirli joylarda munosib ravishda kutib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Zirhni teshuvchi yirtqich hayvon

Konstruktorlar Kovrov shahrida yaratilgan ASVK-M "Kord-M" - RF Qurolli Kuchlari tomonidan qabul qilingan eng uzoq masofali snayper miltig‘i va dunyodagi eng yaxshilardan biri. 12,7 mm kalibrli kuchli patron 2 km masofadagi nishonlarni tegish imkonini beradi, o‘q otuvchini oddiy o‘qotar qurollardan nishonga olib bo‘lmaydi.
"Kord-M" miltig‘i zirhli texnikani, turli xil texnik vositalarni (aloqa) va raqibning ishchi kuchini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. Beton va g‘isht devorlarini yorib o‘tishga qodir. Raqib snayperlari bilan samarali kurashishga, katta hududlarni, shuningdek qirg‘oqni kichik harbiy kemalardan himoya qilishni ta’minlaydi.
Afg‘oniston: hodisalar markazi – Qobuldami yoki Panjsherda?
Patronsiz va optik (yoki tungi) nishonga olgichsiz "Kord -M" massasi taxminan 10 kg (juda muhim xarakteristika), otish holatidagi uzunligi - 1420 mm (svol uzunligi - 1000 mm).
Tashqi tomondan armiya snayper miltig‘i Ikkinchi Jahon urushidagi tankga qarshi miltiqqa o‘xshaydi - qurolning og‘iz (stvol) qismiga tormoz o‘rnatilgan, bu orqaga qaytishni 2,5 baravar kamaytiradi. Shunga qaramay, texnologik jihatdan, bu XXI asrning besh zaradli inqilobiy mahsuloti (bull-pap mexanizmlarining sxemasi). Miltiq Rossiyada 2013-yilda “Ratnik” uskunasiga o‘rnatilgan holda foydalanishga topshirilgan.
Otish uchun 12,7 × 108 mm kalibrli snayper patronlar ishlatiladi. Nishonga olish masofasi - 2000 metrgacha (jahon rekordi). Tez otishi - daqiqada 10 ta o‘q uzish. Stvol resursi 1000 mm uzunlikda - 5000 ta o‘qqa qadar. Priklad zatilnigida amortizator bilan jihozlangan, bu snayperga noxush qaytarilish sezilmasdan bir necha o‘nlab o‘q otishga imkon beradi.
Ukraina armiyasi – 2021: qurollanish va jangovarlik qobiliyati
Rossiya miltig‘ining uzoqqa otishlik va og‘irligi chet ellik miltiqlardan ancha farq qiladi. Shunday qilib, Amerikaning Barrett firmasining 12,7 mm M82 miltig‘ining og‘irligi taxminan 13 kgni tashkil qiladi (eng yangi Barrett XM500 - 11,8 kg). Britaniya Accuracy International firmasining AS50 snayper miltig‘ining massasi 14,1 kg. Shu bilan birga, M82 va XM500ning nishonga olish diapazoni 1100 metrdan oshadi, AS500 va AW50 esa 1500 metrga yaqin. Og‘irlik va nishonga olish masofasi snayper (spesnaz qo‘shinlari) uchun juda muhimdir.

Yetarli darajada mustahkam

Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasi nafaqat so‘nggi snayper miltiqlari bilan mustahkamlandi. Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashuvi fonida 201-RVB ko‘p sonli zamonaviy qurol va harbiy texnikani, shu jumladan ognemotlar, lazerli boshqariladigan "Kornet" tankga qarshi raketa komplekslarini, “Verba” zenit-raketa komplekslarini, AK-12 Kalashnikov avtomatlari, shuningdek 17 BMP-2 piyoda jangovar mashinasini oldi.
BMP-2M piyoda jangovar mashinasi 30 mm to‘p va 7,62 mm pulemot PKTM bilan qurollangan. 30 mm 2A42 to‘pi va 7,62 mm koaksiyal pulemot bilan bir qatorda 300 o‘q-dorilar bilan 30 mmli avtomatik granata va "Kornet" tankga qarshi raketa tizimi taqdim etilgan. BMP-2Mning kuchli qurollanishi kunning istalgan vaqtida samarali ishlatish mumkin.
Toliblar shimoliy provinsiyalar poytaxtlarini egallamoqda: Qobul va AQSh javobi qanday bo‘ladi
Tez orada Tojikistondagi Rossiya bo‘linmalari yanada kuchli zirh bilan jihozlangan 30 ta zamonaviy T-72 B3M tanklari, unda “Sosna-U” teplovizorli nishonga olish qurilma, “Akveduk” aloqa tizimi va yangi dvigatel o‘rnatilgan. 2021-yilda olingan RVBdan tashqari, jangovar xususiyatlarini yaxshilangan yuzta zirhli texnika.
Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasining tibbiy imkoniyatlari o‘sib bormoqda va tez orada bu yerda yangi dala shifoxonalari, tibbiy va maxsus avtomobil texnikasi paydo bo‘ladi. Agar kerak bo‘lsa, harbiy shifokorlar ham mahalliy aholiga, ham afg‘on qochoqlariga yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.
RF Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko 20-sentabrda Moskva Tojikistonning mudofaa salohiyatini - KXShT doirasida va ikki tomonlama asosda yanada mustahkamlash niyatida ekanligini tasdiqladi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti