TOShKENT, 21 sen - Sputnik. Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov vohada faoliyat yuritayotgan afg‘onistonlik investorlar bilan uchrashuv o‘tkazib, ularning taklif, g‘oya va muammolarini tingladi. Bu haqda viloyat matbuot-xizmati xabar bermoqda.
"Uchrashuv davomida viloyat rahbari afg‘onistonlik sarmoyadorlarga qo‘shni davlatdagi vaziyat haqida atroflicha xabardor qildi. Ochiq muloqotda qo‘shni mamlakat sarmoyadorlarining 55 ta masalasi tinglanib, yechimini topish yo‘llari izlandi", - deyiladi xabarda.
Xokim Surxandarinskoy oblasti Tura Bobolov vstretilsya s afganskimi investorami
© Press-slujba xokimiyati Surxandarinskoy oblasti
Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida afg‘onistonlik sarmoyadorlar ishtirokida 340 dan ortiq tadbirkorlik subyekti sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritmoqda. Uchrashuvda viloyat rahbari afg‘onistonlik sarmoyadorlarga qo‘shni davlatdagi vaziyat haqida atroflicha ma’lumot berdi.
"Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatlaringizga yuborilgan gumanitar yordamni qo‘shni davlatga yetkazib berdik, Muvaqqat hukumat vakillari bilan uchrashdik. Barchasi yaxshi bo‘ladi. Yangi hukumat ham mamlakatimiz bilan iqtisodiy-savdo, gumanitar aloqalarni mustahkamlash tarafdori. To‘g‘ri, ayni paytda sizlarda viza masalasida muammolar paydo bo‘lgan. Bu masalaning sabablari bor. Buni soha xodimlari hozir sizlarga batafsil tushuntirib beradi. Viloyatda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlaringiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berapmiz va bundan keyin ham sizlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Bugungi ochiq muloqotimizni ham shu maqsadda tashkil etdik. Agar faoliyatingizda biron muammoga duch kelayotgan bo‘lsangiz, bemalol ayting. Birgalashib hal etish yo‘lini topamiz. Sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha g‘oya va takliflaringizni tinglab, qo‘llab-quvvatlaymiz", – dedi To‘ra Bobolov.
Xokim Surxandarinskoy oblasti Tura Bobolov vstretilsya s afganskimi investorami
© Press-slujba xokimiyati Surxandarinskoy oblasti
So‘zga chiqqan "Zikriyo Farid" MChJ rahbari Ahmad Farid turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirib, Afg‘onistonga eksport qilishini haqida gapirdi.
"Viza muddatimizni uzaytirishimiz kerak. Afg‘onistonga o‘tgan ishchilarimiz, oila a’zolarimiz uchun ham viza olishimiz lozim. Bugun ko‘pchiligimiz shu masala bilan qiziqib kelgan edik. Mutasaddilar pandemiya sababli viza berish vaqtincha cheklanganini bizga tushuntirib berishdi. Afg‘onistonda ham pandemiya yumshasa yana viza olish izga tushishini aytishdi", - dedi afg‘on investori va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yer so‘ragani va bu masala hal etilganidan xursandligini bildirdi.
Shuningdek, uchrashuvda 46 nafar afg‘onistonlik tadbirkor viza olishni, muddatini uzaytirishni, bir nafari yashash huquqini berishni so‘rab murojaat etdi.
Bir tadbirkor bog‘ uchun suv muammosi paydo bo‘lgani, besh nafari ziroat yetishtirish uchun yer olish masalasini ko‘ndalang qo‘ydi. Yechimi vaqt talab etadigan masalalar bo‘yicha aniq muddat belgilanib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.