https://oz.sputniknews.uz/20210914/afgonistonning-yangi-hukumati-ozbekiston-prezidentiga-yordam-uchun-minnatdorlik-bildirdi-20492438.html
Afg‘onistonning yangi hukumati O‘zbekiston prezidentiga yordam uchun minnatdorlik bildirdi
Afg‘onistonning yangi hukumati O‘zbekiston prezidentiga yordam uchun minnatdorlik bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Qayd etilishicha, Afg‘oniston xalqiga ko‘mak ko‘rsatish chaqiruviga O‘zbekiston rahbari birinchilardan bo‘lib e’tibor qaratgani yaxshi qo‘shnichilikning namoyon bo‘lishi... 14.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-14T17:49+0500
2021-09-14T17:49+0500
2021-09-14T18:50+0500
siyosat
o‘zbekiston
o‘zbekiston tiv
afg‘oniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/0e/20492405_0:615:1300:1346_1920x0_80_0_0_a3e85851c81724ddc0311cbcd36aa390.jpg
TOShKENT, 14 sen – Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonga yuborilgan gumanitar yuk haqida batafsil ma’lumot berdi.Vazirlik xabariga ko‘ra, mazkur insonparvarlik yordami un, turli oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi zarur tovarlar, dori-darmonlar, kiyim-kechak va poyafzallardan iborat va bu o‘zbek xalqining birodar Afg‘onistonga ko‘rsatayotgan xayrixohligining yana bir ifodasi.Qayd etilishicha, Afg‘oniston xalqiga ko‘mak ko‘rsatish chaqiruviga O‘zbekiston rahbari birinchilardan bo‘lib e’tibor qaratgani, uning siyosatini ko‘p millatli Afg‘oniston xalqi chinakam insonparvarlik, birodarlik va yaxshi qo‘shnichilikning namoyon bo‘lishi sifatida baholangan.Tadbirda so‘zga chiqqan Balx viloyati gubernatori Qudratillo Abu Hamza insonparvarlik yordami o‘z vaqtida berilibgina qolmay, balki alohida ehtiyoj ekanligini, bu esa xalqlar o‘rtasida asrlar osha davom etib kelayotgan tarixiy, madaniy va ma’naviy aloqalarning yana bir isboti ekanligini ta’kidladi.Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yordam aslida Afg‘onistonga pandemiya oqibatlarini bartaraf etishga, shuningdek, mamlakatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan gumanitar va oziq-ovqat inqirozining oldini olishga xizmat qiladi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Afg‘onistonga 1,3 ming tonna insonparvarlik yordami jo‘natgani xabar qilingan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210914/ozbekiston-afgonistonga-13-tonna-insonparvarlik-yordami-jonatdi-20490385.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/0e/20492405_0:493:1300:1468_1920x0_80_0_0_1a26582f28ee4fe2e65b84156c8cc187.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, o‘zbekiston tiv, afg‘oniston
siyosat, o‘zbekiston, o‘zbekiston tiv, afg‘oniston
Afg‘onistonning yangi hukumati O‘zbekiston prezidentiga yordam uchun minnatdorlik bildirdi
17:49 14.09.2021 (yangilandi: 18:50 14.09.2021) Qayd etilishicha, Afg‘oniston xalqiga ko‘mak ko‘rsatish chaqiruviga O‘zbekiston rahbari birinchilardan bo‘lib e’tibor qaratgani yaxshi qo‘shnichilikning namoyon bo‘lishi sifatida baholangan.
TOShKENT, 14 sen – Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi
Afg‘onistonga yuborilgan gumanitar yuk haqida batafsil ma’lumot berdi.
Vazirlik
xabariga ko‘ra, mazkur insonparvarlik yordami un, turli oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi zarur tovarlar, dori-darmonlar, kiyim-kechak va poyafzallardan iborat va bu o‘zbek xalqining birodar Afg‘onistonga ko‘rsatayotgan xayrixohligining yana bir ifodasi.
“Marosimda so‘zga chiqqan Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihulla Mujohid butun afg‘on xalqi nomidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga bugungi sinovli davrda mamlakatga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibori, qo‘llab-quvvatlashi va birdamligi uchun chuqur minnatdorlik bildirdi”, - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, Afg‘oniston xalqiga ko‘mak ko‘rsatish chaqiruviga O‘zbekiston rahbari birinchilardan bo‘lib e’tibor qaratgani, uning siyosatini ko‘p millatli Afg‘oniston xalqi chinakam insonparvarlik, birodarlik va yaxshi qo‘shnichilikning namoyon bo‘lishi sifatida baholangan.
Tadbirda so‘zga chiqqan Balx viloyati gubernatori Qudratillo Abu Hamza insonparvarlik yordami o‘z vaqtida berilibgina qolmay, balki alohida ehtiyoj ekanligini, bu esa xalqlar o‘rtasida asrlar osha davom etib kelayotgan tarixiy, madaniy va ma’naviy aloqalarning yana bir isboti ekanligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yordam aslida Afg‘onistonga pandemiya oqibatlarini bartaraf etishga, shuningdek, mamlakatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan gumanitar va oziq-ovqat inqirozining oldini olishga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Afg‘onistonga 1,3 ming tonna insonparvarlik yordami jo‘natgani xabar qilingan edi.