Toshkentda yana 12 nafar “Hizb-ut tahrirchi”* ushlandi

“Tahrirchilar”ning barchasi 1980 y.t. Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi “R.U.”ning g‘oyaviy ta’siri ostida ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan.
Sputnik
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. 17 sentabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan Toshkent shahrining Olmazor, Uchtepa, Yashnobod va Yunusobod tumanlarida istiqomat qiluvchi 12 nafar “Hizb-ut Tahrir”* diniy ekstremistik tashkiloti a’zolarining jinoiy faoliyatiga chek qo‘yishga qaratilgan tezkor tadbirlar o‘tkazilib, gumonlanuvchilar ushlandi va qamoqqa olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Toshkentda o‘n nafar “Hizb ut-Tahrir”* a’zolari qo‘lga olindi
Ushlangan “Tahrirchilar”ning barchasi 1980 y.t. Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi “R.U.”ning g‘oyaviy ta’siri ostida ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelganlar.
“R.U.” va uning jinoiy aloqalari internet ijtimoiy tarmog‘i orqali Ukraina davlatida yashirinib kelayotgan 1980-yilda Qirg‘iziston Respublikasida tug‘ilgan, “Maxmud Abdulmo‘min” taxallusli – Xoldarov Maxmudjon Abdumalikovich bilan aloqa o‘rnatib, uning ma’ruzalari va “Hizb-ut Tahrir” ekstremistik tashkiloti materiallarini aholi orasida tarqatish hamda uning ko‘rsatmalari asosida “tahrirchilar” safiga yangi a’zolarni yollash bilan shug‘ullanib kelganlar. Shuningdek, ular respublikada “Xalifalik” davlatini qurish to‘g‘risidagi g‘oyalarni doimiy ravishda targ‘ib qilishgan.
“Hizb-ut Tahrir”*ga a’zo bo‘lgan 29 nafar ayol qo‘lga olindi
Mazkur shaxslarning yashash manzillarida va uyali aloqa vositalarida “Hizb-ut Tahrir” diniy ekstremistik tashkilotining adabiyotlari va materiallari mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda ularning noqonuniy xatti-harakatlariga huquqiy baho berish va javobgarlikka tortish maqsadida tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Ichki ishlar vazirligi Sizlarni ogohlantiradi. “Hizb-ut Tahrir” diniy ekstremistik tashkiloti safida faoliyat qilish, g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, shu bilan birga “Maxmud Abdulmo‘min” taxallusi bilan yo‘g‘rilgan ma’ruza va materiallarni saqlash hamda tarqatish jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.
Eslati o‘tamiz, kuni kecha Olmazor umanida yashovchi 10 nafar “Hizb ut-Tahrir”* diniy ekstremistik tashkiloti a’zolarining jinoiy faoliyatiga chek qo‘yilgandi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.