Sputnik muxbiri ushbu saylovoldi dasturning 10 ta asosiy yo‘nalishi haqida qisqacha ma’lumot bermoqda.
Ta’lim tizimini rivojlantirish
- maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini hozirgi 62 foizdan kamida 80 foizga yetkazish;
- maktab ta’limi tizimi uchun o‘quv dasturlari va darsliklarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ishlash, yangi maktablar qurish, xususiy maktablarni ko‘paytirish, ta’lim sifatini oshirishni nazarda tutuvchi Maktablarni rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqish;
- oliy ta’limning qamrov darajasini 50 foizga yetkazish, asosiy e’tiborni ta’lim sifatini oshirishga qaratish;
- ta’lim tizimida mehnat qilayotganlarning ish haqlarini munosib darajaga yetkazish.
Sud-huquq tizimini takomillashtirish
- ma’muriy sudlarga davlat idoralari tomonidan yetkazilgan zararni qoplash va boshqa huquqiy oqibatlarga oid masalalarni hal qilish vakolatini berish, sudlarga arizalarni “Yagona darcha” orqali olish tartibini joriy etish;
- mamlakatda qonuniylikni qat’iy ta’minlaydigan, ochiq va adolatli prokuratura tizimining yangi huquqiy asoslarini yaratish;
- ichki ishlar organlarini xalqqa va har bir oilaga yanada yaqinlashtirish, bu tizimni chin ma’noda xalqchil tuzilmaga aylantirish, ichki ishlar organlari faoliyatini baholashda aholi muammolarini hal etish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash natijadorligini asosiy mezon etib belgilash.
Davlat organi tizimlarini tub isloh qilish
- davlat organlarining ochiqligi siyosatini takomillashtirish. Davlat organlari rahbarlarining jamoatchilikka ochiq e’lon qilingan yillik ish dasturi asosida faoliyat yuritishini yo‘lga qo‘yish;
- aholiga davlat xizmatlarining to‘liq elektron shaklda ko‘rsatilishini ta’minlash;
- davlat fuksiyalarini bosqichma bosqich xususiy sektorga o‘tkazib borish;
- keyingi besh yil davomida davlat xizmatchilari shtat birliklarini oshirmaslik;
- davlat organlariga kadrlarni tanlov asosida qabul qilish, davlat xizmatchilari uchun uzluksiz malaka oshirish, natijadorlikni baholash va lavozim bo‘yicha ko‘tarilish mezonlari belgilash, ish vaqti, mehnat meyorlari bo‘yicha talablarni qayta ko‘rib chiqish;
- hududiy ijro idoralarining “vakolatlar reyestri”ni shakllantirish, takrorlanadigan besh yuzdan ortiq funksiyalarni maqbullashtirish.
Ekologik barqarorlikni ta’minlash
- xonadon, ko‘cha, mahalla va qishloq, shaharlarda, yo‘l bo‘ylari va dala chetlariga daraxtlar ekish, hudud iqlimiga mos ko‘chatlarni yetishtirish, sug‘orish hamda parvarish qilish tizimi joriy etish;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida “Yangi O‘zbekiston bog‘i” namunasi asosida kamida 50 gektar maydonda “yashil bog‘lar” barpo etish;
- shaharlar va tuman markazlarida har 50-100 ming aholi uchun “yashil parklar” tashkil etish;
- daraxt kesishga muddatsiz moratoriy joriy qilish.
Qishloq xo‘jaligida davlat aralashuviga to‘liq barham berish
- tumanlarni aniq mahsulotlar yetishtirishga ixtisoslashtirib, davlat tomonidan dehqonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar ajratish;
- agrar tarmoqdagi klaster korxonalari va fermer xo‘jaliklari faoliyatini barqaror, qulay shart va muddatlarda moliyalashtirish va sug‘urtalashning mutlaqo yangi mexanizmlarini amalga oshirish;
- davlat idoralari tomonidan narx belgilash hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini majburiy sotib olish tizimini to‘liq bekor qilib, erkin bozor munosabatlarini joriy etish.
Urbanizatsiya siyosati yanada takomillashtirish
-18 ta katta, 22 ta o‘rta va 80 ta kichik shaharlar o‘rtasida transport-logistika tizimi va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish;
- renovatsiya dasturlari asosida, shaharlarda eskirgan uylar o‘rniga 19 million kvadrat metrdan ortiq zamonaviy uy-joylar qurish, 275 mingdan ziyod oilalar yangi massivlarga ko‘chirish.
Aholini ijtimoiy qo‘lab-quvvatlab siyosatini izchil davom ettirish va takomillashtirish
- ehtiyojmand aholini ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan ta’minlash darajasini hozirgi 60 foizdan 100 foizga yetkazish;
- bazaviy pensiya hisoblashda ish haqining chegaraviy miqdorini hozirgi 10 barobardan 12 barobarga oshirish;
- uy-joyga muhtoj fuqarolarga turar joylarni ijtimoiy ijaraga berish tizimini joriy etish.
Soliqlarni takomillashtirish siyosatini amalga oshirish
- qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 2023-yildan boshlab 15 foizdan 12 foizga tushirish;
- korxonalarning mol-mulk solig‘i stavkasini 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirish;
- 2023-yildan yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini birlashtirib, yagona ko‘chmas mulk solig‘ini joriy qilish.
- foyda solig‘i stavkasini barcha uchun bir xil bo‘lishini ta’minlash, ularni amaldagi 20 foizdan 15 foizga tushirish;
- yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lig‘icha ushbu tuman va shaharlarda qoldirish.
Xizmat ko‘rsatish sohalarida davlat monopoliyasidan voz kechish
- yo‘l qurilishi, issiqlik ta’minoti, obodonlashtirish xizmatlari kabi 25 ta faoliyat turidagi monopoliyaga barham berib, bu sohalarda tadbirkorlik subyektlariga keng yo‘l ochish;
- samarasiz korxonalar davlatdan qo‘shimcha yordam olmasdan, xususiy sektor kabi “o‘z aravasini o‘zi tortishi”ni ta’minlash;
- energiya resurslari bozorini erkinlashtirish, sohaga xususiy investitsiyalar keng jalb qilish.
Raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” sohaga aylantirish
- Raqamli iqdisodiyot hajmini kamida 2,5 barobarga oshirish va 4 milliard dollarga yetkazish;
- har bir xonadon va ijtimoiy muassasani maqbul narxlarda yuqori tezlikdagi Internetga ulash, magistral avtomobil yo‘llarini to‘liq mobil aloqa va Internet bilan qamrab olish;
- 2026-yilga qadar neft-gaz, kimyo, metallurgiya va boshqa sanoat sohalaridagi barcha jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish;
- dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 barobarga, ularning eksportini 10 barobarga oshirish.
Ushbu islohotlarni avvalo inson, keyin jamiyat va davlat manfaati yo‘lida, “Davlat – insonlar uchun” degan xalqchil g‘oya asosida amalga oshirish ko‘zda tutilgan.