https://oz.sputniknews.uz/20210615/baa-orolboyida-ekologik-innovatsiyalar-va-texnologiyalar-hududini-yaratishda-qatnashadi-19249892.html
BAA Orolbo‘yida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududini yaratishda qatnashadi
BAA Orolbo‘yida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududini yaratishda qatnashadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-BAA munosabatlarini yanada kengaytirish va amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 15.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-15T19:03+0500
2021-06-15T19:03+0500
2021-06-15T19:03+0500
iqtisod
baa
orol dengizi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/0f/19249716_0:68:1301:799_1920x0_80_0_0_b7d0f18b3be3251d89b80220bb13baef.jpg
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.Uchrashuvda ko‘p qirrali O‘zbekiston-BAA munosabatlarini yanada kengaytirish va amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Uchrashuvda muqobil energetikani rivojlantirish va energetika obyektlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy agrosanoat klasterlarini tashkil etish, tadbirkorlikka oid tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun investitsiya kompaniyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihalar hamda qator muhim ijtimoiy dasturlar izchil amalga oshirilayotgani alohida qayd etildi.Uchrashuv yakunida Amirliklarning davlat boshqaruvi sohasidagi, uzoq muddatli yangilanishlar dasturini shakllantirish va innovatsion taraqqiyot yo‘liga o‘tish borasidagi ilg‘or tajribasini keng joriy qilishga qaratilgan qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.
https://oz.sputniknews.uz/20210520/rezolyutsiya-qabul-qilinishi-orolboyi-mintaqasi-tarixida-yangi-sahifa-ochadi--safoev-18820208.html
baa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/0f/19249716_72:0:1227:866_1920x0_80_0_0_f1407b3dc9cfabf569561a65479e2c7d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, baa, orol dengizi
iqtisod, baa, orol dengizi
BAA Orolbo‘yida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududini yaratishda qatnashadi
O‘zbekiston-BAA munosabatlarini yanada kengaytirish va amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar qildi.
Uchrashuvda ko‘p qirrali O‘zbekiston-BAA munosabatlarini yanada kengaytirish va amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
“Amirliklar tomoni O‘zbekiston prezidentining Orolbo‘yi mintaqasida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududini yaratish tashabbusini amalga oshirish doirasida yangi loyihaviy taklifini taqdim etdi”, - deyilgan xabarda.
Uchrashuvda muqobil energetikani rivojlantirish va energetika obyektlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy agrosanoat klasterlarini tashkil etish, tadbirkorlikka oid tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun investitsiya kompaniyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihalar hamda qator muhim ijtimoiy dasturlar izchil amalga oshirilayotgani alohida qayd etildi.
Uchrashuv yakunida Amirliklarning davlat boshqaruvi sohasidagi, uzoq muddatli yangilanishlar dasturini shakllantirish va innovatsion taraqqiyot yo‘liga o‘tish borasidagi ilg‘or tajribasini keng joriy qilishga qaratilgan qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.