ShHT va KXShT Dushanbeda Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladi - Asadov

Tojikiston poytaxtida yangi formatdagi "Shanxay hamkorlik tashkiloti — Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti" qo‘shma uchrashuvi o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Tojikiston poytaxti Dushanbeda 17-sentabr kuni yangi formatdagi "Shanxay hamkorlik tashkiloti — Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti"ning qo‘shma uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda tomonlar Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladilar. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov brifingda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Mirziyoyev ShHT sammiti doirasida Rossiya, Pokiston va Eron yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazadi
Joriy yilning 16-17 sentabr kunlari Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi.
ShHTga Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston to‘laqonli a’zo. Tashkilotda to‘rtta davlat kuzatuvchi maqomiga ega (Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston). 2021-yilda ShHTga Tojikiston raislik qilmoqda.
KXShTga esa Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston a’zo.
Shavkat Mirziyoyev 23-avgust kuni KXShTning Afg‘onistondagi vaziyatga bag‘ishlangan videoanjuman shaklida o‘tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etgan edi.
O‘zbekiston MOda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga ko‘maklashadi - Mirziyoyev