Namanganda rashkchi erkak ayoli bilan suhbatlashgan tanishini kaltakladi

Fuqaro Uchqo‘rg‘on tumanidagi poliklinika oldida turmush o‘rtog‘ini tanishi bilan birga turganligini ko‘rib, rashk qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda “Namanganda yangi mafiya paydo bo‘ldimi? Sudya, prokuror, IIB, hammasini " “reshat” qilarkan” izohi bilan video tarqaldi. Namangan viloyati IIB bunga rasmiy munosabat bildirdi.
Xabarda keltirilishicha, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi A.J. 2020-yil 26-iyun kuni Uchqo‘rg‘on tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi oldida turmush o‘rtog‘i D.J.ni tanishi S.T. bilan birga turganligini ko‘rib qolgan. Keyin rashk sabab tanishini uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, tan jarohati yetkazgan.
Tibbiyot ekspertizasi S.T.da chap ko‘krak qafasi, chap oyoq kaft ustida shilinma borligini aniqlagan.
Qashqadaryolik erkak rashk o‘tida xotinining “xushtoriga” pichoq urdi
Mazkur holat yuzasidan Uychi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilgan va 2021-yil 27-mart kuni A.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (bezorilik) bilan jinoyat ishi ochilgan.
Bundan tashqari, 2021-yil 3-mayda erkakning turmush o‘rtog‘i D.J.ga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Mutaxassislarning xulosasida D.J.da burun suyagi o‘rta 1/3 qismining yopiq eski sinig‘i aniqlangan. Ushbu jarohati bo‘yicha o‘z vaqtida tibbiy yordamga uchramaganligi sababli muddatini aniqlashning imkoni bo‘lmagan.
28 iyun kuni A.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi "g" bandi (bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etilgan bezorilik) bilan ayb e’lon qilingan. Unga nisbatan munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Hozirda ushbu ish jinoyat ishlari bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tumani sudi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Shuningdek, fuqaro A.J. tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar haqida aytgan gaplari asossiz ekanligi va huquq-tartibot idoralariga hech qanday bosim bo‘lmagani ma’lum qilingan.
Qashqadaryolik erkak rashk tufayli o‘z xotinini arqon bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi