Migrantlar chip o‘rnatilgan plastik kartalarni olishga to‘g‘ri keladi

Rossiyada migrantlarga chip o‘rnatilgan plastik kartalar beriladi.
Sputnik
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. 29 dekabrdan boshlab Rossiya Ichki ishlar vazirligi mehnat migrantlari va mamlakatga uzoq vaqtga kelgan chet el fuqarolariga plastik kartalarni berishni boshlaydi. Bu masalada IIV buyruq loyihasi tayyorlandi.
Hamma mehnat migrantlari ham Rossiyaga boradigan charterlarga qo‘yilmaydi: sabablar
Bu karta majburiy dastiloskopiya (barmoq izlari) va suratga olish ma’lumotlari bilan elektron tashuvchini o‘z ichiga oladi.
"Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan majburiy davlat daktiloskopiya ro‘yxatdan o‘tish va fotosuratga olishni elektron ma’lumot tashuvchisi bo‘lgan karta shaklida hujjat tasdiqlansin", - deyilgan hujjat loyihasida.
Yangi hujjatda, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari rus tili, Rossiya Federatsiyasi tarixi va qonunchiligidan imtihon topshirishning majburiy talablarini tekshirish qoidalar ham aks etgan.
Sud qaroriga asosan 37 migrant Rossiyadan chiqarib yuborildi
Elektron chipli plastik karta o‘lchami 5,6 x 53,98 mm, old va orqa tomondan iborat bo‘ladi.
Old tomonda 30x40 mm gacha bo‘lgan chet el fuqarosining rangli yoki oq- qora surati joylashtiriladi.
Unda hujjatning identifikatsiya raqami, familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va jinsi ko‘rsatiladi.
Orqa tomonda chet el fuqarosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shaxsini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risida ma’lumot yoziladi. Shuningdek, kontaktsiz interfeysli mikrosxemalar shaklidagi chip joylashtiriladi, unda ushbu hujjat berilgan chet el fuqarosi haqidagi ma’lumotlar bo‘ladi.
Bundan tashqari, chipda identifikatsiyalash uchun ikkita barmoqning izlarining elektron tasviri bo‘ladi.