https://oz.sputniknews.uz/20210903/hamma-mehnat-migrantlari-ham-rossiyaga-boradigan-charterlarga-qoyilmaydi-sabablar-20351784.html
Hamma mehnat migrantlari ham Rossiyaga boradigan charterlarga qo‘yilmaydi: sabablar
Hamma mehnat migrantlari ham Rossiyaga boradigan charterlarga qo‘yilmaydi: sabablar
Sputnik O‘zbekiston
RF Qurilish vazirligida mehnat migrantlari Rossiyaga boradigan charterga qanday ruxsat olishlari mumkinligi haqida gapirib berishdi 03.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-03T13:20+0500
2021-09-03T13:20+0500
2021-09-03T13:20+0500
rossiya
migrantlar
migratsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/01/20324591_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_e8fb4eaa9fa2c6b714fbb36f08c1b684.jpg
TOShKENT, 3 sent — Sputnik. Rossiyaga pul ishlash uchun charterlarda o‘z manzillariga yo‘l olishni xohlaydigan quruvchi-migrantlar qat’iy kasbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.Bu haqda RIA Nedvijimost bilan suhbatda Sharqiy iqtisodiy forumda RF Qurilish vazirining o‘rinbosari Nikita Stasishin ma’lum qildi."Biz sal avval kerakligi e’lon qilingan o‘n ming nafar mehnat migrantlariga juda qat’iy kasbiy tanlov o‘tkazamiz. "Hamma ish qo‘limdan keladi, hammasini bilaman" tamoyili bu yerda o‘tmaydi", - deya ta’kidladi u.Stasishinning so‘zlariga ko‘ra, chet el fuqarolarini charter reyslar orqali Rossiyaga olib kirish kelasi haftada boshlanadi. Rossiya temir yo‘llari poyezdlarining yo‘lovchilari o‘zbekistonlik migrantlar bo‘lishi kutilmoqda.Ko‘rikdan o‘tgan nomzodlar shifokor ko‘rigidan o‘tishi va "Sputnik Layt" vaksinasi bilan koronavirusga qarshi emlanishi sharti qo‘yiladi.Shuningdek, O‘zbekiston hududida PSR-test olish va patent berish ishlari ham tashkillashtiriladi. Zarur muolajalar uchun kerak bo‘lgan barcha harajatlar buyurtmachilar tomonidan qoplanadi.Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, hozircha bir kishiga ketadigan harajatlarning aniq summasi aniqlashtirilmagan, ular bozor narxlaridan oshib ketmasligi aniq, xolos.Rossiyada qurilishda ishlaydigan mehnat migrantlarini Qozog‘iston hududi orqali poyezdlar va samolyotlarda olib kirish mo‘ljallanmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210902/ozbekistonlik-migrantlar-uchun-rossiyaga-charter-poezdlar-yolga-qoyilishi-kutilmoqda-20337262.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/01/20324591_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_0c8dcaffeb3c8b45209cb317abd1e532.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, migrantlar, migratsiya
rossiya, migrantlar, migratsiya
Hamma mehnat migrantlari ham Rossiyaga boradigan charterlarga qo‘yilmaydi: sabablar
RF Qurilish vazirligida mehnat migrantlari Rossiyaga boradigan charterga qanday ruxsat olishlari mumkinligi haqida gapirib berishdi
TOShKENT, 3 sent — Sputnik. Rossiyaga pul ishlash uchun charterlarda o‘z manzillariga yo‘l olishni xohlaydigan quruvchi-migrantlar qat’iy kasbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Bu haqda
RIA Nedvijimost bilan suhbatda Sharqiy iqtisodiy forumda RF Qurilish vazirining o‘rinbosari Nikita Stasishin ma’lum qildi.
"Biz sal avval kerakligi e’lon qilingan o‘n ming nafar mehnat migrantlariga juda qat’iy kasbiy tanlov o‘tkazamiz. "Hamma ish qo‘limdan keladi, hammasini bilaman" tamoyili bu yerda o‘tmaydi", - deya ta’kidladi u.
Stasishinning so‘zlariga ko‘ra, chet el fuqarolarini charter reyslar orqali Rossiyaga olib kirish kelasi haftada boshlanadi. Rossiya temir yo‘llari poyezdlarining yo‘lovchilari o‘zbekistonlik migrantlar bo‘lishi kutilmoqda.
Ko‘rikdan o‘tgan nomzodlar shifokor ko‘rigidan o‘tishi va "Sputnik Layt" vaksinasi bilan koronavirusga qarshi emlanishi sharti qo‘yiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston hududida PSR-test olish va patent berish ishlari ham tashkillashtiriladi. Zarur muolajalar uchun kerak bo‘lgan barcha harajatlar buyurtmachilar tomonidan qoplanadi.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, hozircha bir kishiga ketadigan harajatlarning aniq summasi aniqlashtirilmagan, ular bozor narxlaridan oshib ketmasligi aniq, xolos.
Rossiyada qurilishda ishlaydigan mehnat migrantlarini Qozog‘iston hududi orqali poyezdlar va samolyotlarda olib kirish mo‘ljallanmoqda.