https://oz.sputniknews.uz/20210831/sud-qarori-asosan-37-migrant-rossiyadan-chiqarib-yuborildi-20312085.html
Sud qaroriga asosan 37 migrant Rossiyadan chiqarib yuborildi
Sud qaroriga asosan 37 migrant Rossiyadan chiqarib yuborildi
Moskva viloyatida ommaviy mushtlashuvda qatnashgan migrantlar mamlakatdan chiqarib yuborildi. 31.08.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-08-31T15:33+0500
2021-08-31T15:33+0500
2021-08-31T17:38+0500
migratsiya
deportatsiya
rossiya
ommaviy mushtlashuv
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/03/19076709_0:159:3079:1890_1920x0_80_0_0_d207cef6877441708e6ad8dccc086402.jpg
TOSHKENT, 31 avg — Sputnik. Moskva viloyatidagi Mitishida yuz bergan mushtlashuvda qatnashgan 37 nafar chet el fuqarosi Rossiyadan chiqarib yuborildi va mahalliy tadbirkorga nisbatan noqonuniy migratsiyani tashkil qilgani uchun jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Moskva viloyati IIBB matbuot xizmati rahbari Tatyana Petrova maʼlum qildi.Uning aniqlik kiritishicha, 5 avgust kuni politsiyaga Mitishi shahrida mojaro haqida xabar kelib tushdi, shundan soʻng 66 nafar yaqin chet el fuqarosi politsiyaga olib kelindi. Ularga nisbatan 134 ta maʼmuriy protokol tuzildi, shundan 54 tasi - Rossiya Federatsiyasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (MJTK)ning 18.8-moddasi, migratsion hisobga olish qoidalarini buzish, 65 tasi - MJTKning 20.1-moddasi "mayda bezorilik" va 15 tasi - MJTKning 20.20-moddasiga asosan "taqiqlangan yoki jamoat joylarida spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni isteʼmol qilish".mushtlashuv*Keyinchalik 49 nafar qonunbuzarga 5 ming rubl miqdorida jarima solindi, soʻngra ularni deportatsiya qilishdan avval chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga joylashtirildi. Ulardan 37 migrant Rossiyani tark etdi."Shuningdek, Pogranichnaya koʻchasidagi mojaro holatiga oydinlik kiritish maqsadida IIV Ichki ishlar vazirligi tergov boʻlimi tergovchisi tomonidan Chuvash Respublikasida tugʻilgan 54 yoshli ayolga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 322.1 - "Noqonuniy migratsiyani tashkil etish" moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Ayol migrantlar yashagan xostel egasi boʻlgan va ularning noqonuniy boʻlishini tashkil qilgan. Unga nisbatan “doimiy yashash joyini tark etmaslik va munosib xulq atvorda boʻlish" tilxat shaklida ehtiyot chorasi qoʻllanildi.Oʻtgan haftada Moskva meri Sergey Sobyanin migrantlar ishtirokida mojarolar koʻpaygani yuzasidan munosabat bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, politsiya tomonidan ommaviy mushtlashuv va boshqa qonunbuzarliklar yuzasidan 800 ta jinoiy ish qoʻzgʻatildi. 200 nafarga yaqin migrant deportatsiya qilindi, 17,5 ming nafar kishiga mamlakatga kirish taqiqlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20210828/moskvada-yana-ommaviy-mushtlashuv-salkam-50-kishi-ushlandi-20278421.html
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/03/19076709_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_f2ece41606a8adf754ac89a21d38d01c.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
deportatsiya, rossiya, ommaviy mushtlashuv
deportatsiya, rossiya, ommaviy mushtlashuv
Sud qaroriga asosan 37 migrant Rossiyadan chiqarib yuborildi
15:33 31.08.2021 (yangilandi: 17:38 31.08.2021) Moskva viloyatida ommaviy mushtlashuvda qatnashgan migrantlar mamlakatdan chiqarib yuborildi.
TOSHKENT, 31 avg — Sputnik. Moskva viloyatidagi Mitishida yuz bergan mushtlashuvda qatnashgan 37 nafar chet el fuqarosi Rossiyadan chiqarib yuborildi va mahalliy tadbirkorga nisbatan noqonuniy migratsiyani tashkil qilgani uchun jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Moskva viloyati IIBB matbuot xizmati rahbari Tatyana Petrova maʼlum qildi.
"Sud qarori bilan 37 chet el fuqarosi Rossiya Federatsiyasi hududidan chiqarib yuborildi. Avvalroq bu fuqarolarga nisbatan Rossiya IIV migratsiya boshqarmasi "Mitishchinskoye” politsiya xodimlari tomonidan maʼmuriy, shu jumladan, migratsiya qonunchiligini buzganligi uchun protokollar rasmiylashtirilgan”, - dedi Petrova.
Uning aniqlik kiritishicha, 5 avgust kuni politsiyaga Mitishi shahrida mojaro haqida xabar kelib tushdi, shundan soʻng 66 nafar yaqin chet el fuqarosi politsiyaga olib kelindi. Ularga nisbatan 134 ta maʼmuriy protokol tuzildi, shundan 54 tasi - Rossiya Federatsiyasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (MJTK)ning 18.8-moddasi, migratsion hisobga olish qoidalarini buzish, 65 tasi - MJTKning 20.1-moddasi "mayda bezorilik" va 15 tasi - MJTKning 20.20-moddasiga asosan "taqiqlangan yoki jamoat joylarida spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni isteʼmol qilish".mushtlashuv*
Keyinchalik 49 nafar qonunbuzarga 5 ming rubl miqdorida jarima solindi, soʻngra ularni deportatsiya qilishdan avval chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga joylashtirildi. Ulardan 37 migrant Rossiyani tark etdi.
"Shuningdek, Pogranichnaya koʻchasidagi mojaro holatiga oydinlik kiritish maqsadida IIV Ichki ishlar vazirligi tergov boʻlimi tergovchisi tomonidan Chuvash Respublikasida tugʻilgan 54 yoshli ayolga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 322.1 - "Noqonuniy migratsiyani tashkil etish" moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Ayol migrantlar yashagan xostel egasi boʻlgan va ularning noqonuniy boʻlishini tashkil qilgan. Unga nisbatan “doimiy yashash joyini tark etmaslik va munosib xulq atvorda boʻlish" tilxat shaklida ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Oʻtgan haftada Moskva meri Sergey Sobyanin migrantlar ishtirokida mojarolar koʻpaygani yuzasidan munosabat bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, politsiya tomonidan ommaviy mushtlashuv va boshqa qonunbuzarliklar yuzasidan 800 ta jinoiy ish qoʻzgʻatildi. 200 nafarga yaqin migrant deportatsiya qilindi, 17,5 ming nafar kishiga mamlakatga kirish taqiqlandi.