TOShKENT, 25 avg – Sputnik. NATO blokiga nomzod sho‘rpeshonalar haqida nima ham deyish mumkin? Gruzin va ukrainlarni, amerika qiziqishi doirasiga nima sababdan kirib olganlari noma’lum, ularning xo‘jayinlari shunchaki tashlab ketishdi – dunyoning bir chetiga, o‘ta xavfli joyga.
Birgina Kobuldagi Amerika bazasida bugun 400 nafarcha odam qolib ketdi. Ular shartnoma asosida amerikaliklar uchun ishlashardi, toliblar saqlanayotgan qamoqxonani qo‘riqlashardi. Hozir toliblar ozodlikka chiqishda va ulardan qurollarini tortib olishdi, lekin hozircha, umuman olganda, xafa qilishmayapti.
Ukrainalik yollanmalar Rossiya hukumatidan ular ortidan samolyot jo‘natishni so‘rashdi. Nima sababdan bu hayratga solmaydi? Amerikaliklar uchun ishlagan afg‘onlarni ham, aftidan, ruslar qutqarishlari kerak bo‘ladi. Har doimgidek.
Ammo amerikaliklar o‘zlarining eng yaqin hamkorlari, NATOning to‘laqonli a’zolari bo‘lgan mamlakatlar bilan ham yaxshi munosabatda bo‘lishmadi. Amerikaliklarning qochishi sabab yuzaga kelgan xaos na nemislar, na gollandlar, na chexlarning o‘z fuqarolarini Kobul aeroportidan olib keta olishiga imkon bermadi.
Amerikaliklar hech bilan maslahatlashmasdan 31-avgustni evakuatsiyaning oxirgi kuni deb e’lon qilishdi. Fuqarolarimizning taqdiri ne kechadi, degan savol bilan yuzlanishmoqda NATO bo‘yicha ittifoqdoshlar. Vashington bunga javob bermayapti.
AQSh hamkorlarining o‘ylay boshlaganlarining ajablanarli joyi yo‘q. Dunyodagi eng kuchli deb hisoblanuvchi armiyaning shiddat bilan qochishi ularda turli shubhalar tug‘dirdi. Amerikaliklar Afg‘onistonda nafaqat odamlarni, balki jangovar samolyot, vertolot, zihrli texnika va qurol-aslahalarni qoldirib ketishdi.
Bularning bari NATO bo‘yicha hamkorlardan yashirinchi tuzilgan qandaydir maxfiy kelishuvlar evaziga jo‘rttaga yuz million dollarlik qurol-yaroqni tashlab ketishganday bo‘lib ko‘rinadi. Bu haqda bir necha o‘n yuz minglik “shippakli soqollilar” misli ko‘rilmagan tezlik bilan mamlakat va uning poytaxtini egallab olgani aytib turibdi. Amerikaliklar buni oldindar bilan bo‘lishlari va hozirlik ko‘rgan bo‘lishlari mumkin. Uning NATO bo‘yicha ittifoqdoshlari uchun esa bu yoqimsiz surpriz bo‘ldi.
Aslida toliblar bilan bir tomonlama bitim AQShda azaldan ishlab chiqilgan. 2010-yilda “Xalqaro tinchlik uchun” Karnegi jamg‘armasi ma’ruza chop qilgandi. Unda jangarilar bilan yarashishning turli variantlari muhokama qilingan – viloyatlarni amerikaparast hukumat va “Tolibon”* o‘rtasida tasqimlashdan tortib “o‘zining” diktatorini tayinlashga qadar. Bari “Xavfsizlik demorkatiyadan muhimroq” shiori ostida.
2018-2020 yillarda Amerikaning Afg‘onistondagi sobiq elchisi Zalmay Xalilzad Tramp ma’muriyati nomidan “Tolibon”* vakillari bilan maxfiy muzokaralar o‘tkazgan. Ular 2020-yil toliblar bilan bitim tuzish bilan yakunlandi. Bu Vashingtonning tashabbuskorlik ishi edi. Oq uy NATo bo‘yicha yevropalik ittifoqdoshlariga o‘z rejalarini ochiqlaman.
2021 yilda davlat kotibi Entoni Blinken hamida Pokiston hukumati bilan qo‘ng‘iroqlashib turgan, iyun oyida esa MRB rahbari Uilms Berns Islomobodga uchgandi. Pokiston deyaroi rasmiy ravishda “Tolibon”*ni boqib keladi. Janob Berns Pokiston hukumati bilan nimalarga kelishib olgani hammaga qiziq edi, ammo muzokaralar mazmuni maxfiylashtirildi.
Boz ustiga ittifoqdoshlarning hammasi tushunishardi va o‘z o‘yinlarini olib borishdi. Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles jurnalistlarga oxirgi yilda Afg‘onistonda birlashgan kontingentni qoldirish uchun turk va italyan harbiylari bilan kelishishga uringanini tan oldi.
Muzokaralar imi-jimida olib borilgan, albatta. Vashingtonda bundan bexabar bo‘lishgan. Ammo natijada g‘oyani amalga oshirib bo‘lmaydigan deb topishdi.
Ittifoqchilarni Vashington ularni o‘z qo‘shinlarini olib chiqish fakti oldida qoldirgani g‘azablantiradi – maslahatsiz, muhokamasiz, hech qanday diplomatik ishsiz. Albatta, omma oldida blok yakdilligini ko‘rsatishga to‘g‘ri keladi. Ammo yetakchi yevropalik siyosatchilarning achchig‘i chiqayotgani istar-istamas ayon bo‘lmoqda.
Hatto “Brexit”dan keyin AQShga to‘liq tobe bo‘lib olgan Angliyada mutlaqo boshqacha gap-so‘zlar yangamoqda. Sobiq bosh vazir Toni Bler AQShning amaldagi prezidenti “imbetsil” deb atadi. Amaldagi bosh vazir Boris Jonson “uyqusirigan Joga qaraganda, Tramp bilan ishlar yaxshiroq borganini” bildirdi. Keyin u hech qachon bunday demaganini aytdi, ammo ibora iqtibos tarzida tarqalib ketdi.
Angela Merkel uni Germaniyaning yangi kanserligiga mo‘ljallayotgan Armin Lashetning fikricha, Afg‘onistondan qo‘shinlarning olib chiqilishi “NATO blokining butun tarixidagi eng ulkan mag‘lubiyat bo‘lgan”.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Baydonga sim qoqib, uni mamlakatdan afg‘onlarni olib chiqishdan bosh tortgani uchun keskin tanqid qildi. Fransiya prezidentining jahlini tushunish mumkin: amerikalik hamkorlar uddaburonlik bilan afg‘on qochoqlari masalasini yevropaliklar ustiga tashlab qo‘ydi.
O‘n minglab noqonuniy migrantlar yaqin kunlarda Yevropa va Britaniyaga yopiriladi, ular orasida qancha ehtimoliy terrorchilar bo‘lishini o‘ylashning o‘zi dahshat. Agarda yevropaliklar chegarani yopishga urinishsa, Vashington omma oldida ularni bag‘ritoshlik uchun po‘staklarini qoqadi.
Amerikaliklar nafaqat NATO bo‘yicha hamkorlarini kamsitishdi. Ularni boshi berk ko‘chaga kirgizib qo‘ydi. Agar YeI mamlakatlari rahbarlari Afg‘onistondan o‘z fuqarolarini chiqarib ololmasa, halq g‘alayoni ularning yuqori lavozimlaridan mahrum qilishi mumkin. Agar Yevropa mamlakatlariga afg‘on qochoqlari yopirilib kelsa, vaziyat bundan battar bo‘ladi.
Biroq ehtimoliy istiqbollar bundan-da dahshatliroq. Keyingi safar amerikalik siyosatchilar qo‘shinlarni qayerga yuborishmoqchi? Yevropalik askarlarning ular ortidan qayerga sudralishi kerak bo‘ladi, qayerda va nima uchun jon berish kerak? Afg‘onistonda, eslatamiz, NATO blokidan uch yarim mingdan ziyod harbiylar halok bo‘ldi. Nima uchun? Nima uchun ular jonlarini fido qilishdi?
Yevropaliklarning qo‘rqinchli tushi AQSh ularni Xitoy bilan jang qilishga olib ketishi haqidagi g‘oya bo‘ldi. Bu oxiri yo‘q urush bo‘lishi va qurbonlar son-sanoqsiz bo‘lishi bilan tahdid soladi. Oq uy o‘z mag‘lubiyatini tan olib, o‘z vaqtida hamkorlarini sotib, jang maydanidan juftakni rostlab qolsachi. Bunday voqealar rivoji kimga kerak?
Agar Vashington sobiq Ittifoq hududida jang qilishga qaror qilsachi? Lekin bu mavzu natochi zobitlarning g‘amgin kinoyasiga sabab bo‘ladi.
“Afg‘onistondan keyin Amerika dunyosi poyoniga yetdi – NATOniki ham”, - deya yozadi taniqli ingliz tahlilchisi Saymon Tisdall.
Yevropaning harbiy obro‘yi bilan birgalikla uning ma’naviy obro‘yi ham ketmoqda: AQSh sayyoraning turli joylarida gegemoniyani ta’minlab bergan o‘sha “yumshoq kuch”. Afg‘onistondagi mag‘lubiyat Shtatlarning Yevropa taqdiridagi rolini qaydan ko‘rib chiqishning debochasi bo‘ldi.
Bir paytlar NATO Yevropani ayyorona “sovet tahdididan” himoya qiladi deb aytilgandi. Allaqachon bundan tahdid yo‘q. Bugungi kunda AQSh yakka tartibda blokdan o‘zining siyosiy vositasi sifatidan foydalanmoqda va unga a’zo mamlakatlarni uni saqlash uchun soliqqa tortmoqda. Ittifoqdoshlarini himoya qilish o‘rniga ularni oxiri voy bo‘lgan ishlarga tortmoqda. Keyin esa ularni butun dunyo ko‘z o‘ngida tashlab ketmoqda.
NATOga a’zolik uchun ikki bukilayotgan ukrainlar va gruzinlarning, Toni bilan aytgandek, “chuqur mulohaza” qilishlarining fursati. Bu, ayniqsa, Kobulda qolib ketganlarga taalluqli. Ularning vaqti bisyor – bil-da dunyo taqdiri haqida fikr yurit va rus samolyotini kut. Shoyad olib ketsa seni.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Manba: RIA Novosti.