Tokio-2020: Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston bayroqdorlaridan biri o‘zgardi

Tokioga yetib borgan dzudo bo‘yicha bir nafar o‘zbekistonlik sportchi va murabbiyda koronavirus aniqlangan.
Sputnik
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Tokio-2020 XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston bayroqdorlaridan biri o‘zgardi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, dzudo bo‘yicha bir nafar o‘zbekistonlik sportchi va murabbiyda koronavirus aniqlangan va ular Tokio shahrida karantinga olingan.
O‘zbekistonlik paralimpiyachilar Tokioga jo‘nab ketdi
Shuningdek, yengil atletika bo‘yicha terma jamoa a’zosi va bayroqdor Nurxon Qurbonova samolyotda ularga yaqin masofada bo‘lganligi bois karantinga olingan. Shu sababli u Paralimpiada o‘yinlarning ochilish marosimida bayroqdor sifatida ishtirok eta olmaydi.
O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi parakanoe bo‘yicha Jahon chempioni Shahnoza Mirzayeva Muxammad Rixsimov bilan birgalikda bayroqdor sifatida ishtirok etishi taklifini ma’qulladi.
Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini kimlar himoya qiladi – yakuniy ro‘yxat