Demokratiya faqat so‘zda: Ukraina qanday qilib repressiya va senzura mamlakatiga aylandi

So‘nggi 20-yil ichida Ukrainada oligarxiya klanlarining mamlakat ustidan yagona nazorat o‘rnatish uchun uzluksiz kurashi davom etmoqda.
Sputnik
Ikki marta - 2004 va 2013-14 yillarda - qarama-qarshilik konstitutsiyaga zid, kuch ishlatish shakllarga aylandi. Mamlakat janubi -sharqidagi voqealarni hisobga olmasak ham, hokimiyatni radikallar asosida kuch orqali markazlashtirish natijasi senzura va terror bo‘ldi.
Ukrainada boshqacha fikrlovchi odamlarga qarshi qatag‘onlar va jurnalistlarni ovlash haqida - Sputnik materialida.

Donbassga qarshi nafrat propagandasi

"Yevromaydan" va Ukraina janubi-sharqidagi fuqarolar urushi - mamlakatning yangi tarixidagi eng qonli sahifadir.
2014 yil fevral oyida Kiyevda noma’lum snayperlartomonidan o‘qotishi natijasida Yevromaydanning 75 nafar ishtirokchisi va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘ldirildi, 570 nafardan ortiq kishi yaralandi. Haligacha tergov yakunlanmadi, jinoyatchilar aniqlanmadi.
Siyosiy va kredit qaramligi: YeI bilan do‘stlik Ukrainaga nima keltirdi
2014 yil may oyida Odessada Kasaba uyushmalari uyi yoqib yuborildi. O‘shanda 42 kishi halok bo‘ldi - bo‘g‘ilib, yonib ketdi yoki olomon tomonidan urib o‘ldirildi. Ukraina matbuoti rassom Aleksandr Roytburdning taklifiga binoan, o‘lganlar orasida "Rossiya va Pridnestrovye fuqarolari" bo‘lgani haqida yolg‘on xabar berishdi.
Ukraina janubi -sharqidagi qurolli mojaro tufayli odamlar haligacha halok bo‘lmoqda. Lugansklik kinoijodkorlar Donbassdagi haqiqiy voqealar haqida " Opolchenochka" nomli filmini suratga olishdi. Loyiha Rossotrudnichestvo tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Film olti tilga tarjima qilib, chet eldagi barcha “Rossiya uylari”da namoyish etish rejalashtirilgan.
"2019 yilda biz "Opolchenochka" filmini chiqardik, u yerda mojaro qanday boshlangani, Donbass aholisi nimaga qarshi chiqqanligi, nima uchun odamlar qurol olishgani haqida so‘zlab berdi. Bu vaqtga kelib Ukraina propagandasi beshta badiiy filmni chiqardi. Va har bir filmda Rossiyaning tajovuzkorligi tasvirlangan, Donbass aholisi esa ahmoq razzillar va vahshiylar ko‘rinishida taqdim etilgan", - deydi "Lugafilm"kinostudiyasi rahbari Roman Razum.
Cobiq sovet ittifoq davlatlari uchun Ukraina darslari
Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik yoshlar orasida Donbass aholisiga nafrat atayinshakllantirilmoqda, ular dushman sifatida ko‘rsatilmoqda.
Bugun Ukraina jamiyati bo‘linib ketdi, deb ta’kidlaydi RT international telekanali muxbiri Roman Kosarev, u Donbassdagi harbiy mojaroni 2014-yildan beri yoritib keladi. Biroq, uning fikricha, fuqarolarning aksariyati rusofob qarashlarni qo‘llab-quvvatlamaydi.
"Afsuski, quturgan rusofobiyani qo‘llab-quvvatlamaydigan ukrainaliklar o‘z nuqtayi nazarini ochiqchasiga ifoda eta olmaydilar. Sabablaridan biri - o‘z hayoti, oilasi va yaqinlarining xavfsizligi uchun qo‘rquv. O‘z pozitsiyasini aytishga jur’at etganlar – ularning uyiga Milliy korpus vakillari kelib, kechirim so‘rashga majbur bo‘lishadi", - deya ta’rif beradi vaziyatga Kosarev.
Defolt, ishsizlik, bankrotlik: Rossiyaga qarshi siyosat Ukrainani qayerga olib keldi
Agressiv ozchilik esa, deydi Kosarev, rusofobiya, qotillikni propaganda qilib, Donbassni ruslardan, hatto o‘sha yerda tug‘ilgan va ulg‘ayganlardan tozalashga chaqiradi.
Ukrainaning "Milliy korpus" partiyasi "Azov" milliy bataloni negizida tuzilgan, Rossiyada unga qarshi jinoiy ishi qo‘zg‘atilgan.

Dekommunizatsiya kursi

2014 yildan keyin Ukrainada "dekommunizatsiya" e’lon qilindi, natijada tezda yirik muxolifat partiyalaridan biri-Ukraina Kommunistik partiyasi taqiqlandi. Faqat kommunistlar Ukraina hukumatini davlat to‘ntarilishi, Donbassdagi fuqarolar urushi va Konstitutsiyani buzishda ayblagandi.
"Nega muxolifat OAVlariga qirg‘inlar paydo bo‘ldi?! Muxolifat siyosatchilari nima uchun kaltaklanmoqda?! Nega Oles Buzin o‘ldirildi?!"
Chunki Ukraina - demokratik davlat emas. U demokratik faqat qog‘ozda va G‘arb siyosatchilari gapirayotgan so‘zlarda. Kommunistik partiya taqiqlanganidan ajablanarli narsa yo‘q. Balki u hozirgi hukumat uchun eng katta tahdid emas. Ammo hozirgi siyosiy elita e’tirof etayotgan antikommunistik tendensiya doirasida bu partiyani taqiqlash mantiqan to‘g‘ri keladi”, - deydi integratsiya istiqbollarini o‘rganish markazi direktori Sergey Rekeda.
Ukrainani Afg‘onistonning taqdiri kutmoqda - Patrushev
Yana yaqinroq misol - "Davlatga xiyonat" va "ayirmachilarni moliyalashtirish" siyosiy ayblovlari bilan "Muxolifat platformasi - hayot uchun" partiyasi rahbari Viktor Medvedchukning ta’qib qilinishi. 2019-yil fevral oyida Medvedchuk Donbassni avtonomlashtirish bo‘yicha yangi tinchlik takliflarini e’lon qilganidan keyin unga qarshi jinoyat ishi ochildi. Partiyaning siyosiy kengashi raisi rejasining asosiy maqsadi Donbassni o‘z parlamenti va hukumati bo‘lgan Ukraina tarkibidagi avtonom viloyatga aylantirish edi. Buni Ukraina hukumati separatizmga chaqiriq deb hisoblashgan.

Hukumat g‘azabiga yo‘lliqqan jurnalistlar

Rasmiy hokimiyat nuqtayi nazaridan emas, Ukrainada bo‘layotgan voqealarni yoritayotgan jurnalistlarga internetda xeyteylar va davlat darajasidagi turli ta’qiblarga uchramoqda.
"Donbassdan to‘g‘ridan -to‘g‘ri ko‘rsatuvlardan so‘ng, menga ijtimoiy tarmoqlarda:" Senga jonli efirda o‘lishingni tilayman! Sen 200 yoki hech bo‘lmaganda 300 bo‘lganingda yomon bo‘lmasdi! Shaxsiy adovatim yo‘q, lekin sen dushmansan", - deydi Roman Kosarev.
RT muxbiri ham "propaganda reportajlari" va Ukraina chegarasini noqonuniy kesib o‘tgani uchun “Mirotvores” ma’lumotlar bazasiga kiritilgan.
Ukraina armiyasi – 2021: qurollanish va jangovarlik qobiliyati
"Bu Ukraina saytida men Donbass bolalarini har yili xayriya aksiya doirasida Yangi yil bilan tabriklashim, bolalarga sovg‘alar berishimni “vahshiyliklarim”ga kiritishdi. Mana shunday juda xavfli jinoyatchiman", - deb kuladi Kosarev.
U Donbassning ba’zi bolalari urush paytida tug‘ilgan va mana hozir urush vaqtida birinchi sinfga borishmoqda, urush esa tugamaydi, deb qayg‘urmoqda. Ukrainadagi bolalarga esa "haqiqatga hech qanday aloqasi bo‘lmagan" zamonaviy tarixni o‘rganishmoqda.
Jurnalistlarning ko‘p sonli qotillik va qotillikka urinish holatlarini ham esga olish kerak. 2014-yil fevral oyida Kiyev markazida "Vesti" gazetasining muxbiri Vacheslav Veremiy otib o‘ldirildi; 2015-yil mart oyida "Netishinskiy Vestnik" gazetasi bosh muharriri Olga Moroz o‘z uyida o‘ldirildi; 2016-yil iyul oyida telejurnalist Pavel Sheremet avtomobil portlashi oqibatida halok bo‘ldi.
* “200”, “300” (Yuk-200, Yuk-300) – shaxsiy tarkib o‘lgan yoki yaralanganini anglatuvchi kod. 200 – o‘lgan, 300 – yarador.