Germaniya Kobuldan Toshkent orqali ikki mingdan ziyod kishini evakuatsiya qildi

Germaniya, Yevropa Ittifoqi va Afg‘oniston fuqarolari 22-avgust kuniga qadar 18 ta aviareys bilan Kobuldan Toshkentga olib kelingan.
Sputnik
TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Germaniya o‘tgan hafta davomida Toshkent orqali Afg‘onistondan 2 mingdan ziyod fuqaroni evakuatsiya qildi. Bu haqda Germaniya TIV o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Aniqlik kiritilishicha, Germaniya, Yevropa Ittifoqi va Afg‘oniston fuqarolari 22-avgust kuniga qadar 18 ta aviareys bilan Kobuldan Toshkentga olib kelingan.
“Evakuatsiya qilinayotganlar aeroportda zarur mahsulotlar va dorilar bilan ta’minlanmoqda, shuningdek, COVID-19 ga test topshirilgach, Germaniyaga maxsus reyslarda yuborilyapti”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston Afg‘onistondan 2 mingga yaqin chet el fuqarolarini evakuatsiya qilishda yordam berdi
Hozirda Germaniya o‘z fuqarolari va afg‘on qochoqlarini Kobuldan O‘zbekiston orqali evakuatsiya qilishni davom ettirmoqda. 19-avgustdan Toshkent aeroporti terminali Germaniya, Afg‘oniston va YeI davlatlari fuqarolarini mamlakat orqali evakuatsiya qilinishi uchun ajratilgan edi.
Mirziyoyev va Merkel fuqarolarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishni muhokama qildi