Polshaga Kaliningrad kerak: mojaro boshlanib bo‘ldi

Sputnik
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Ayni damda sobiq Varshava bloki mamlakatlaridan birida dunyo jamoatchiligi uchun sezilmagan holda ehtimolan Yevropaning energetika, muhimrog‘i, geosiyosiy xaritasini to‘liq o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan voqealar rivojlanmoqda.
Gap Polsha haqida borapti. Yevropa OAVlarining yozishicha, mamlakatning energetikasini yangidan qurollantirish poygasiga ikki mahalliy oligarx va ularga tegishli kompaniyalar qo‘shilgan. Ulardan biri Mixal Solovov va uning Synthos kompaniyasi. Kompaniya kimyo sanoati sohasi bilan qiziqadi. Polsha mediamagnati, ZE PAK egasi Zigmunt Solorj-Jak unga raqiblik qilmoqda.
Kreml Rossiyani “normal bo‘lmagan mamlakat” deb atagan Polsha prezidentiga javob qaytardi
Bir oy avval Solovov prinsipail bitim tuzganini e’lon qildi. Uning doirasida Amerika konserni GE Hitachi Nuclear Energy 2033-2043 yillarda Polsha hududida har birining quvvati bir gigavattdan 1,6 gacha bo‘lgan to‘rtta kichik atom reaktorini qurish majburiyatini olgan. Uning raqibi mantiqliroq va amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan tashabbus bilan chiqmoqda, biroq uning yo‘lida surunkali polyakcha rusofobiya turibdi. Solorj-Jak Kaliningrad viloyati joylashgan Boltiq AES (Baltiyskaya AES) qurilishiga sarmoya kiritishni taklif qilmoqda, shu tariqa nafaqat Polshaning barcha muammolarini hal qilish, balki elektr energegiyasini yetkazib berish bozorida asosiy mintaqiviy o‘yinchi bo‘lish.
Hozirgi vaziyat tarix va yangi zamonaviy ekologik kun tartibiga borib taqaladi. Gap shundaki, Polsha sobiq Varshava shartnomasining SSSRdan hech bo‘lmaganda bittagina eski AES meros bo‘lib qolmagan mamlakatlar sirasiga kiradi. Polsha energetikasi umuman va to‘liqligicha ko‘mirdan iborat.
2019 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘mir elektr energiyasi ishlab chiqarishning qariyb yetmish to‘rt foizi asosi bo‘lgan – g‘arbda ekologiyaning eng ashaddiy dushmani va qutb muzlarining qotili deb e’lon qilingan o‘sha ko‘mir.
Bu ishlar, albatta, Yevroittifoqini unchalik qoniqtirmaydi, lekin polyaklar yildan yilga o‘z energetikasini yashillashtirish talablariga javob qaytarib, eng kichik bo‘lmagan mamlakat uchun generatsiyalarning uchdan ikki qismini shamol va quyosh panelllari bilan almashtirishning iloji yo‘qligini adolatli aytib keladi. Brussel va Varshava o‘rtasidagi bu siyosiy ur-sol birinchi marta cho‘zilayotgan yo‘q, lekin Polsha budjeti har yili Yevropa g‘aznasidan 15-20 milliard yevro miqdorida dotatsiya oladi, Polsha hukumati o‘z donor talablarini qondirish usullarini qidirishga majbur.
Polsha "Shimoliy oqim-2" tufayli Gazpromni 7,6 milliard dollarga jarimaga tortdi
Hech kimga sir emaski, Polsha Rossiyaning Yevropadagi har qanday energetika loyihalarining oldingi va ashaddiy dushmani sanaladi. Varshava hamisha aytib keladiki, tez orada u Rossiya gazini xarid qilishdan voz kechadi, ittifoqda Boltiqbo‘yi mamlakatlari bilan “Shimoliy oqim-2”ga qarshi kerakli barcha ishlarni qiladi, ya’ni Germaniya va Avstriyaning Yevropaning asosiy gaz xabiga bo‘lgan urinishlariga zarba bermoqda.
Mantiq, iqtisod, geografiya va fizika polyaklar o‘zlarining Rossiyani yoqtirmasliklarini bir chetga surib, u bilan hamkorlik qilishlari kerakligini aytib turibdi.
Polsha energiya tanqis bo‘lgan mamlakatdir. Bu u o‘z hayotiy faoliyatini ta’minlash uchun kerakli bo‘lganga qaraganda kamroq elektr energiyasini mustaqil ishlab chiqarishini anglatadi. Raqamlar juda o‘jar, ular har yili 165,5 teravatt-soat ishlatilganda yana o‘ttizini Varshava chet eldan xarid qilishini aytib turibdi. Qo‘pol qilib aytganda, Polsha energiya tizimidagi har o‘ninchi kilovatt import qilingan. Biroq bu hammasi emas. Agar Polsha xaritasini olib, unga elektr stansiyalarini qo‘ysa, ma’lum bo‘ladiki, mamlakatning shimoli-sharqida generatsiya obyektlar umuman yo‘q. Yaqin IESlari Varshavadan janubroq va Gdanskidan g‘arbroqqa joylashgan.
Amerikaliklar taklifi va Kaliningraddagi atom stansiyasi taqqoslansa, qaysi biri foydaliroq va kuchliroq ekanini ayon bo‘ladi. Jismoniy infratuzilmasi, rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra 12-15 foizga tayyor bo‘lgan Boltiq AESni qurib bitkazish yetti milliard yevroga tushadi, amerikaliklar loyihasi esa, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 23 milliardni tashkil etadi. Yana bir juda muhim omillardan biri – vaqt. Agar Kaliningraddagi obyektni 2028 yoki 2029-yilda ishga tushirish imkoni bo‘lsa, Synthos esa amerikaliklar bilan ishni 2030-yildan keyin boshlamoqchi.
Ta’kidlash joizki, aynan Polsha (va Litvaning) xatti-harakatlari Nemandagi AES qurilishini to‘xtatib qo‘ygandi. Qrim Rossiyaga qo‘shilgandan keyin Varshava va Vilnyus stansiyadan elektr energiyasini xarid qilish bitimini bekor qildi. Qator elektr o‘tkazish stansiyalari qurilishi bekor qilindi, jumladan, NordBalt (Litva orqali Shvetsiyaga), LitPol Link (Litva orqali Polshaga), Estlink (Litva orqali Estoniya va Finlyandiyaga) va Polshaga to‘g‘ridan to‘g‘ri energiya ko‘prik.
Ko‘rinib turibdiki, polshalik energetiklar o‘shanda Rossiya bilan hamkorlining muqobili yo‘qligini tushinishgan va Kaliningraddan elektr energiyasini xarid qilish uyatli ish deb hisoblashmagan – biroq katta siyosat aralashdi. Polsha Boltiqbo‘yi Rossiya esklavini bo‘g‘ishga va qurilayotgan AESning qudrati sindirishga pul tikishdi. Ammo chuchvara xom sanalgani vaqt o‘tib oydinlashdi.
Rossiya Boltiq AES qurilishini to‘xtatib qo‘ydi. Bekor qilgani yo‘q, balki aynan vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi. Obyektda konvervatsiya bo‘yicha ishlab olib borildi, u hozirgacha anabioz holatida turibdi. Uning 2,8 gigavatt qudrati kimga kerakligi bo‘lish fursatini kutib yotibdi. Ikkita atom reaktorini yo‘qotib, Rossiya bunga javoban o‘zining afsona bo‘lgan “assimetrik dzudo”sini qo‘lladi – Kaliningrad viloyatida o‘tgan yillarda Talaxovskaya, Pregolskaya, Mayakovskaya issiqlik elektr stansiyalari va Pravdinskaya GESi qad rostladi. Bugungi kunda mintaqa to‘liq energiya bilan ta’minlangan, va bu fakt ehtimoliy investorlar uchun deyarli cheklovsiz imkoniyatlar ochadi.
Ichki bozoda Boltiq AES mahsuloti kerak bo‘lmagani sababli uni butunligiga elektr energiyasi eksportiga yo‘naltirish mumkin. Polshada aqllarini yig‘ishtirib olishadi deb faraz qilsak, bizning g‘arbiy qo‘shnilarimiz qo‘llariga eng kuchli vosita va daromad manbaini olishadi.
Shavkat Abdukamilov: O‘zbekiston bo‘lajak AES ishonchliligiga shubha qilmaydi
Polshaning shimoli-sharqiy mintaqalari juda qulash va arzon elektr energiyani qo‘lga kiritadi. Belarus AES bunga yaqqol dalil. Polsha-Boltiqbo‘yi tandemi uning qurilishiga qanchalik qarshilik ko‘rsatmasin, jarayon jadal ketmoqda.
Yuzaki tahlil va Rossiya-Polsha munosabatlari tarixi shunday fikrga olib kelishi mumkinki, Varshava yana ayon narsani rad qiladi va o‘zining chiqimli rusofob yo‘lini davom ettiradi. Biroq bu yerda, katta siyosatda bo‘lgani kabi, shaxsiy manfaat, katta pullar va katta imkoniyatlar aralashgan, hammasi silliq emas.
Solorj-Jak Boltiq AESini yolg‘iz o‘zi qurib bitkazmoqchi emas, MVM Venriya davlat kompaniyasi bilan birgalikda. Bu kompaniya taqdir taqazosi bilan nafaqat mamlakatdagi yagona AES “PAKSh”ning modernizatsiya uchun javob beradi, lekin unga ustuvor huquqni “Rosatomga”ga berdi. Qolaversa, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bir necha marta o‘zining polshalik hamkasbi Mateush Moraviski bilan uchrashdi. Sir emaski, asosiy masalalardan biri Kalinningraddagi AESni birgalikda qurib bitkazish imkoniyati bo‘lgan.
Hisob-kitob juda oddiy: Rossiya, Polsha va Vengriya o‘rtasida uch tomonlama bitim tuzilsa loyihaning bir ishtirokchisi yaqin kelajakda stansiyani olish uchun ikki milliard yevro sarmoya kiritishi kifoya bo‘ladi. Stansiya esa faqat Polsha va Vengriya manfaatlariga ishlaydi, shu bilan birga Rossiya g‘aznasini to‘ldiradi.
Eng qizig‘i shundaki, Polsha hozirgacha bu taklifdan voz kechganicha yo‘q.
Manba: RIA Novosti.