Rossiya

Kreml Rossiyani “normal boʻlmagan mamlakat” deb atagan Polsha prezidentiga javob qaytardi

© Sputnik / Vladimir Sergeev / Mediabankka oʻtishBashni Moskovskogo Kremlya i kupola Pokrovskogo sobora na zakate
Bashni Moskovskogo Kremlya i kupola Pokrovskogo sobora na zakate - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Dmitriy Peskov Rossiya qoʻshni mamlakatlar, jumladan, Polsha bilan doʻstona munosabatlarga intilishini taʼkiladi.
TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Polsha prezidenti Andjey Dudaning soʻzlariga munosabat bildirdi.
Duda Gruziyaga rasmiy tashrifi davomida Rossiyani “normal boʻlmagan mamlakat” va “tajovuzkor” deb atagan edi.
“Biz bunday gaplarga juda yomon munosabatdamiz. U bizga maʼqul emas, va biz uni qabul qilmaymiz”, - dedi Peskov.
U Rossiya doʻstlikni sevuvchi, kuchli, oʻziga ishongan va mustaqil mamlakat ekanini taʼkidlagan. Bu sifatlarga ega boʻlgan holda qoʻshni mamlakatlar, jumladan, Polsha bilan doʻstona munosabatlarga intiladi.
Ofitsialnыy predstavitel Ministerstva inostrannыx del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2020
Siyosat
Zaxarova Polsha TIV rahbarining “bahsdagi gʻalaba” haqidagi soʻzlariga munosabat bildirdi
“Mamlakatimizga boʻlgan nafrat ayrim polshalik siyosatchilar, jumladan, prezidentning ham (Polsha prezidenti Anjey Duda) koʻzlarini toʻldirayotgani, va bu ularga siyosiy donolikni namoyon etishga imkon bermayotganidan achinamiz”, - dedi Peskov. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Yangiliklar lentasi
0