Polsha "Shimoliy oqim-2" tufayli Gazpromni 7,6 milliard dollarga jarimaga tortdi

© REUTERS / Maxim ShemetovLogotip proyekta Severniy potok - 2 na odnoy iz trub
Logotip proyekta Severniy potok - 2 na odnoy iz trub - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Polsha regulyatori "Gazprom" va yana 5ta kompaniyani "Shimoliy oqim-2" qurilishida ishtirok etgani uchun jarimaga tortdi.

TOShKENT, 7 okt - Sputnik. Polsha davlatining monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi (UOKiK) — "Gazprom"ni va uning hamkorlarini "Shimoliy oqim-2" loyihasida ishtirok etgani uchun jarimaga tortdi. Bu haqida muassasa Twitterda xabar qilgan.

"Gazprom" 29 mlrd zlotix ($7,6 mlrd)ga jarimaga tortilgan. Qurilishda ishtirok etayotgan yana beshta kompaniya - 234 mln. zlotix ($61 mln) jarimaga tortilgan. Ular: Fransiyaning Engie, Germaniyaning Uniper va Wintershall, avstriyaning OMV, hamda Gollandiya-Britaniyaning Shell kompanyalari bor. 

Polshalik regulyator kompaniyalarga qonunchilikda belgilangan maksimal jarima - kompaniyaning yillik oborotidan 10% miqdorda jarima belgilagan. Asos - ular Polsha monopoliyaga qarshi qo‘mita ruxsatisiz gaz quvurini qurishda ishtirok etgan.

"Biz juda sinchikov tekshiruv o‘tkazdik. To‘plangan dalillar tadbirkorlar ataylab qonunni buzishganiga shubha qoldirmaydi", - dedi  UOKiK rahbari Tomash Xrustniy. - Ushbu qaror biror muayan kompaniyaga emas raqobat haqidagi qonunchilik buzilishi qibatida qabul qilindi. 

Undan tashqari Qo‘mita kompaniyalarga 30 kuni ichida gaz quvuri qurilishi borasidagi shartnomalarni bekor qilish majburiyatini yukladi. 

Yangiliklar lentasi
0