Buxoroda qarzni undirishga kelgan MIB xodimi korxona rahbari tomonidan kaltaklandi

Qarzdorning soliqdan 28 million 409 ming so‘m qarzi bo‘lgan
Sputnik
TOShKENT, 8 avg - Sputnik. Buxoroda Majburiy ijro burosi xodimi qarzdor fuqaro tomonidan kaltaklandi, deb xabar beradi "Xalq so‘zi" nashri.
Xabarda aytilishicha, MIB G‘ijduvon tumani bo‘limi davlat ijrochisi Ya. Holiqov va U. Ergashevlar qarzdor “Trans Atlas” MChJdan 28 million 409 ming so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi G‘ijduvon tuman Davlat soliq inspeksiyasining ijro hujjati yuzasidan 2021-yil 10-martda chiqarilgan qaror bilan tanishtirish, shuningdek qarorga asosan qarzdorning mol-mulklarini ko‘zdan kechirib, xatlash ijro harakatlarini o‘tkazish maqsadida MChJ rahbari S.Aslonovning yashash manziliga borishganida qarzdor Ya.Holiqovni nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, tan jarohati yetkazgan.
Namanganda MIB xodimlariga qarshilik bildirib, o‘ziga o‘t qo‘ygan yosh ayol vafot etdi
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi sudga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudining hukmiga ko‘ra S.Aslonov aybdor deb topilib, oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadiga undirish sharti bilan 3-yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.