Toshkentda avgust oyidan boshlab COVID-19ga qarshi vaksina ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi va Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi shunga kelishdi.
Yangi vaksina Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi singari ikki marta emas, balki uch marta inyeksiya tariqasida kiritiladi.
Gap shundaki, "Sputnik" — vektorli vaksina bo‘lib, u organizmdagi immun javob jarayonini to‘liq imitatsiya qiladi.
Yangi vaksinada esa o‘ziga xos oqsillar inson organizmining o‘zida emas, balki maxsus muhitda ishlab chiqariladi, va so‘ngra, insonga kiritiladi.
Inyeksiya kiritilgan joyda, ushbu oqsillar o‘rab olinib, parchalanadi, bizning T-hujayralarimiz ular bilan tanishadi, shundan so‘ng virusga qarshi antitanachalar hosil bo‘ladi.
"Va mana shu yerda, jarayon to‘laligicha immun javobni imitatsiya qilmagani uchun, organizmni doimiy mashq qildirish uchun bir nechta inyeksiya qilinishiga to‘g‘ri keladi, - deya tushuntiradi Yevgeniy Timakov. - Ya’ni, biz bir marta inyeksiya qildik, u tanishdi, sinab ko‘rdi - va mazalidek tuyuldi. Ikkinchi marta kiritamiz, u allaqachon bu begona narsa ekanligini tushunadi, antitanachalar hosil bo‘lishni boshlaydi, ammo ular miqdori haqiqiy virusni o‘ldirish uchun yetarli bo‘lmaydi. Shunda uchinchi marta vaksina kiritiladi, bu virusni yo‘q qiluvchi antitanachalar ushbu virusni o‘ldiradigan darajada bo‘lishi uchun amalga oshiriladi".
Bundan tashqari, vaksina komponentlarini kiritish oralig‘ida, xuddi "Sputnik"dagi kabi, bo‘shashmaslik va himoya vositalaridan voz kechmaslik kerak, chunki infeksiyani yuqtirib olish xavfi oxirgi inyeksiyani olgunga qadar ham saqlanib qoladi, deya ta’kidladi shifokor.
Mutaxassisning to‘liq izohini videomizda tomosha qiling.