RT telekanali Xaled al-Xatib mukofotiga arizalarni qabul qilishni boshladi

Khaled Alkhateb International Memorial Awards qatnashish uchun arizalarni qabul qilishni boshladi.
Sputnik
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. RT telekanali v Khaled Alkhateb International Memorial Awards qatnashish uchun arizalarni qabul qilishni boshladi - har yili mojaro zonasidagi eng yaxshi ish uchun jurnalistlarga beriladigan xalqaro mukofot. Ushbu mukofot RT Arabic bilan hamkorlik qilgan 2017-yil 30-iyulda Suriyada o‘ldirilgan jurnalist Xolid al-Xatib xotirasiga bag‘ishlangan. Bu yil mukofot to‘rtinchi marta o‘tkazilmoqda.
Suriyalik jurnalist nomidagi mukofotga arizalar qabul qilish boshlandi
Xalqaro mukofot quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha beriladi:
- "Mojaro zonasidan olingan eng yaxshi ish: matn";
- "Mojaro zonasidan eng yaxshi ish: video";
- "Urushdan keyin: matn/video" - urushni boshdan kechirgan odamlar va butun xalqlarning taqdiri va tinch hayotga qaytishi haqida. Nominatsiya birinchi marta taqdim etiladi.
Khaled Alkhateb International Memorial Awards mukofoti g‘oliblari 200 ming rubl miqdoridagi mukofot oladi.
https://award.rt.com – saytida ariza topshirish mumkin. 30-noyabr kuni g‘oliblar e’lon qilinadi.
Xuddi o‘z uyidagidek: Turkiya Suriya shimolini egallab olmoqda
Birinchi yili mukofotlar Iroq, Irlandiya va Singapurdan kelgan ishtirokchilarga nasib qildi. Hakamlar hay’ati tarkibiga xorijiy va rossiyalik jurnalistlardan, jumladan Irada Zeynalova va Yevgeniy Poddubniy kiritildi.
2019 yilda 25tamamlakatdan g‘oliblik uchun arizalar topshirildi.
Sovrindorlar Rossiya, AQSh, Italiya va Hindiston vakillari bo‘lib, ular Suriya, Iroq va Liviyadagi mojarolar haqida material tayyorlashdi. 2020-yilda RT mukofotini Rossiya, Suriya va Hindistondan kelgan harbiy muxbirlar olishdi.
RT telekanali RT Arabic bilan hamkorlik qilgan 25 yoshli jurnalist Xolid al-Xatib xotirasiga bag‘ishlangan Khaled Alkhateb International Memorial Awards mukofotini ta’sis etdi. U 2017-yilda Suriyaning Xoms viloyatida jangarilar tomonidan raketa hujumlari oqibatida halok bo‘ldi. Xolid o‘z reportajlarida Suriya hukumat kuchlarining jangi-terrorchilar bilan janglarni yoritgan. 2018-yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xolid al-Xatib o‘limidan so‘ng uni "Jasorat" medali bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi, mukofot uning oilasiga topshirildi.