TOShKENT, 16 apr - Sputnik. Russia Today telekanali Xaled al-Xatib nomidagi xalqro mukofotga arizalar qabul qilish boshlanganini e’lon qildi.
“RT telekanali Khaled Alkhateb Memorial Awards nomidagi – xalqaro mukofotga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu mukofot mojarolar bo‘layotgan hududlardan eng yaxshi material tayyorlagan jurnalistga beriladi. Mukofot RT bilan hamkorlik qilgan va Suriyada qurbon bo‘lgan jurnalist Xaled al-Xatib xotirasiga bag‘ishlangan. 2019-yilda ushbu tanlov ikkinchi bor o‘tkazilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, mukofotlar uchta alohida toifalarga bo‘lingan: “Mojaro hududida suratga olingan eng yaxshi ish: Uzun video”, “Mojaro hududida suratga olingan eng yaxshi ish: Qisqa video”, “Mojaro hududida suratga olingan eng yaxshi ish: matn” kabi aloihda toifalar bor.
O‘tgan yili ilk bor ta’sis etilgan tanlovda 20ta mamlakatdan materiallar yuborilgan edi. Mukofotlar Suriyada ID terrorchilari quvilganidan keyingi holat haqida reportaj tayyorlagan Iroq va Irlandiyalik jurnalistlarga berilgan edi. Undan tashqari Singapurlik jurnalist Filippin janubida jangarilar egallab olgan Maravi shahri haqidagi reportaji uchun ham mukofot olgan edi.
Shuningdek rossiyalik jurnalistlar Irada Zeynalova va Yevgeniy Poddubniy ham mukofotga sazovor bo‘lishgan edi.
Tanlov g‘oliblari 30-iyul – 25 yoshli jurnalist Xaled al-Xatib qurbon bo‘lgan kuni e’lon qilinadi.
Xaled al-Xatib 2017-yilda Suriyaning Xoms viloyatida jangarilar o‘qqa tutishi oqibatida qurbon bo‘lgan edi. O‘z reportajlarida u Suriya hukumat qo‘shinlarining jangarilar bilan olib borgan janglari haqida hikoya qilib berar edi.
2018 yilda Rossiya prezidnti Vladimir Putin Xaled al-Xatibni “Jasurslik uchun” medali bilan taqdirlash haqida qaror imzoladi. Ushbu medal uning oila a’zolariga birinchi Khaled Alkhateb Memorial Awards tanlovida taqdim etilgan edi.