Toliblar chegarada: ShHT mudofaa vazirlari Dushanbeda qanday dori yozib beradi?

Afg‘onlararo tinchlik muzokaralari barbod bo‘layotganini kuzatib, bugungi kunda juda "Tolibon" va’dalariga juda ozchilik ishonmoqda.
Sputnik
"Tolibon"* otradlari hozircha Qobulni shturm bilan ishg‘ol etolmaydi va Afg‘onistonning qonuniy hukumatini jismonan yo‘q qila olmaydi. Biroq, chegaralarda nazorat o‘rnatish Tolibonga mamlakatda iqtisodiy va energetik blokadani tashkil etish imkonini beradi, bu Islom Respublikasi uchun qonli jangovar harakatlardan ham ko‘ra qaqshatkich zarba bo‘ladi. Chorshanba kuni Dushanbeda ShHT mudofaa vazirlari afg‘on inqiroziga qarshi muvofiqlashtirilgan harbiy-siyosiy javob choralarini qidirmoqdalar. Ammo qo‘shni mamlakatlarning ko‘pvektorli manfaatlari tezkor va sodda yechimlarni va’da qilmayapti.
Rossiya harbiylari afg‘on-tojik chegarasiga yetib kelishdi - video
Toliblar, agarda Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf G‘ani iste’foga chiqsa, hujumni to‘xtatishga va’da bergan. Bu sal avval 7000 nafar qamoqdagi safdoshlarni ozod etish talabini ilgari surgan jangarilarning yana bir maqbul bo‘lmagan shartidir. Afg‘onlararo tinchlik muzokaralari (AQSh va NATO qo‘shinlari chiqarilishining asosiy shartidir) barbod bo‘layotganini kuzatib, bugungi kunda juda kam odam "Tolibon" va’dalariga ishonmoqda. Toliblar siyosiy idorasining bayonotlari "yerdagi" harakatlarga aniq zid kelmoqda - siyosiy rahbariyat harakatning harbiy komissiyasi (bosh shtab analogi)ni nazorat qilmayapti.
So‘nggi ikki oy ichida jangarilar oldingi 20-yilga qaraganda ko‘proq hududlarni egallab oldilar va yirik shaharlar - Qandahor, Hirot, Qunduzni egallashga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Janglar Qobuldan 15 kilometr uzoqlikda davom etmoqda. Eng muhimi, "Tolibon"* Afg‘oniston chegaralarining barcha perimetrlarini nazorat qilmoqda - bu amaldagi hukumat uchun juda yomon yangilikdir.
Jangarilar tomonidan elektr uzatish ustunlarining portlatilishi sababli poytaxtda elektr energiyasi uzilishi boshlandi. Oziq-ovqat ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi mumkin, chunki chegaraoldi bojxona punktlarida endi toliblar "ruxsat"i bilangina nimadir qilish mumkin. Afg‘oniston harbiy-gumanitar falokati, xuddi Damokl qilichi yanglig‘ Markaziy Osiyo mamlakatlari ustida osilib turibdi.
Turkmaniston va O‘zbekiston qochqinlarning kirishini cheklashdi. Tojikiston va Qirg‘iziston hozirgacha boshpana topmoqchi bo‘lgan afg‘on fuqarolarini qabul qilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Tojikistonda afg‘on qochqinlari soni deyarli ikki baravarga oshgan va iyul oyi boshiga kelib 3000 ga yetgan. Biz katta ko‘chishning boshlanishiga guvoh bo‘lyapmiz, ehtimol. Fuqarolar urushi yuzaga keltiradigan xaos sharoitida Afg‘onistonda yuz minglab qochqinlar oqimi (1996-2001 yillar davridagi singari) yuzaga kelib, xalqaro terrorizm (shu jumladan "ID"* va "Al-Qoida"*) Markaziy Osiyoda tarqalishi mumkin.
Amerikaliklarning deyarli yarmi Afg‘onistondagi urushni xato, deb atadi
ShHT Afg‘oniston shimolidagi vaziyatning keskinlashuvidan xavotirda. Shanxay Hamkorlik Tashkilotining mudofaa vazirlarining 28-iyul kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston va Belorussiya (kuzatuvchi mamlakat) harbiy delegatsiyalari ishtirokidagi yig‘ilishining natijalariga kelsak, Afg‘oniston bo‘yicha silliq formulirovkalarni bashorat qilish mumkin - chunki mamlakatlar manfaatlari juda farq qiladi.

Operatsion mo‘rtlik

Rossiya toliblarni "jihod" Afg‘onistondan tashqariga kengaygan taqdirda KXShT a’zolarini himoya qilishga tayyorligi to‘g‘risida ogohlantirdi, va bunga javoban Markaziy Osiyo mamlakatlari chegaralarining daxlsizligi kafolatini oldi.
Rossiyaning 201-bazasi agar qo‘shni Afg‘onistondagi voqealar munosabati bilan mamlakat xavfsizligiga tahdid solinadigan bo‘lsa, Tojikistonga harbiy yordam beradi, dedi chorshanba kuni Dushanbeda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu.
Markaziy Osiyoda “tolibonga qarshi front” tashkil qilish - Shoygu missiyasi
Shoygu nutqining tezislari quyidagicha:
- Afg‘onistondagi vaziyat hokimiyat nazorati ostidan chiqib ketgan, AQSh va Tolibon o‘rtasidagi kelishuvlar bajarilmayapti;
- Afg‘onistondagi Amerika missiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi va Qo‘shma Shtatlar Markaziy Osiyoda yangi bazalar yaratishdan ko‘proq tashvishlanmoqda;
- ShHT chegaralari yaqinidagi vaziyat murakkab, keskinlashishga moyil va ShHT-KXShT aloqalari mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Afg‘oniston notinchligi fonida Tojikiston Respublikasi xavfsizligi juda katta tashvish tug‘diradi. Shuni e’tibordan qochirmaslik kerakki, uzunligi 1344 kilometr bo‘lgan tojik-afg‘on chegarasi texnik himoya vositalari bilan to‘liq ta’minlanmagan, vaqti-vaqti bilan (Panj darosi kanalining o‘zgarishi sababli) redermarkatsiya (qayta belgilanish)ni talab qiladi va geografik sharoitga ko‘ra terrorchilarning janubdan kirib kelishiga qarshi himoyalanmagan. To‘g‘ri, bu uchastka Markaziy Osiyoga terrorchilar oqimi kengayishi uchun lang ochilgan darvoza, deb bo‘lmaydi, ammo baribir.
Dushanbe janubiy sarhadlarni mustahkamlash uchun juda ko‘p ish qilmoqda. Bunda Tojikistonning KXShTga a’zoligi, qo‘shnilarning harbiy va harbiy-texnik yordami muhim rol o‘ynamoqda.
Rossiya yangi “Qiyomat kuni” samolyotlarini qurmoqda: uchinchi avlodning o‘ziga xosliklari
Rossiya chegarachilari tojik-afg‘on chegarasini qo‘riqlashga jalb etilmaydi, TR hududida faqat Rossiya FXX chegara bo‘yicha maslahatchilar guruhi faoliyat olib boradi. Avvalroq Moskva tojik-afg‘on chegarasida yangi nazorat-o‘tkazish punkti va chegara postini qurish uchun mablag‘ ajratgan va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov: "Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining mustahkamligini sinash va uning a’zolaridan biriga qarshi tajovuzkor harakatlarni boshlash hech kimning miyasiga kelmaydi, degan qat’iy umiddamiz", - deya bayonot qilgan edi.
Shu bilan birga, Dushanbe afg‘on voqealari rivojining eng yomon ssenariysiga tayyorlanmoqda va "Chegara-2021" mashg‘ulotlari formatida umumiy safarbarlikni ishlab chiqmoqda (22 iyul kuni - 230 ming zaxiradagi harbiy xizmatchilar). Mamlakat 1023 dona zirhli texnika, 3167 ta maxsus texnika, 447 ta artilleriya uskunalari, 45 ta HHK samolyotlari va vertolotlari, 234 ta havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini harakatga keltirmoqda. Dushman kuchini mensimagandan ko‘ra, yuqori baholagan ma’qulroq.
Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston qo‘shinlari 5-10 avgust kunlari Xatlon viloyatida potensial dushmanni yo‘q qilish bo‘yicha qo‘shma operatsiya o‘tkazadilar. 1500 ta mutaxassis va 300 ta harbiy texnika jalb qilingan Tojikistonning Harb-Maydon chegara poligonidagi mashg‘ulotlar Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston qo‘shinlari (kuchlari) birlashgan guruhining jangovar muvofiqlashtirilishi bilan boshlanadi.
"Bu boshlanishi": yuz minglab afg‘on qochqinlari toliblar hujumi va AQSh bombardimoni oqibatidir
Ikkinchi bosqichda ittifoq davlati hududiga bostirib kirgan shartli jinoiy guruhlarni yo‘q qilish vazifalari hal qilinadi. Keyin qo‘shinlar davlat chegarasini kesib o‘tayotgan terroristik guruhlarni yo‘q qilish mashqlari ustida ishlashadi.
Barcha bosqichlarda razvedka-o‘t va razvedka-zarba majmualarini qo‘llash orqali taktik harakatlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Rossiya harbiy kontingentining asosini 201-harbiy bazaning bo‘linmalari, shu jumladan tog moto-o‘qchilar, tank, artilleriya bo‘linmalari, shuningdek Markaziy harbiy okrugning maxsus kuchlari guruhlari tashkil etadi. Deyarli bir vaqtning o‘zida shunga o‘xshash mashqlar O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tadi.
Ekspertlarning ba’zilari afg‘on jihodchilarining tashqi ekspansiyasi uchun ehtimoliy yo‘nalish - 6 millionga yaqin aholisi bo‘lgan, boy gaz konlari va Kaspiy dengiziga chiqadigan Turkmaniston bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.

Qobulga chetdan yordam

Afg‘oniston qo‘shnilari va sheriklari tomonidan o‘z xoliga tashlab qo‘yilgan, deb bo‘lmaydi, ammo ko‘p yo‘nalishli ta’sir Afg‘oniston Islom Respublikasiga toliblarga va boshqa terroristik guruhlarga qarshi kurashda muhim natijalarga erishishga imkon bermayapti.
AQSh Markaziy Osiyoda eng yirik harbiy bazani qurishni rejalashtirmoqda
Afg‘oniston Milliy aviatsiya korpusi toliblar bilan janglarda Rossiyada ishlab chiqarilgan Mi-35 jangovar vertolotlaridan faol va muvaffaqiyatli foydalanmoqda. Rossiya Federatsiyasining qurollari afg‘on armiyasiga kirishi oson kechmadi, bunga o‘zlarining harbiy mahsulotlarini targ‘ib qiluvchi AQSh va boshqa NATO mamlakatlari har tomonlama to‘sqinlik qilar edi.
Alyans Bosh kotibi Yens Stoltenberg 27-iyul kuni AIR prezidenti Ashraf G‘aniga moliyalashtirish, fuqarolik ishtiroki va afg‘on xavfsizlik kuchlarini o‘qitish orqali mamlakat tashqarisida qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga va’da berdi. Bu yaxshi, ammo juda oz - ayniqsa, AQSh va NATO qo‘shinlari Afg‘onistondan shoshilinch qochib qolganidan so‘ng. Afg‘onlarning G‘arb kuchiga bo‘lgan ishonchi butunlay yo‘q qilindi.
Oq uy Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2022-yilda Kongressdan 3,3 milliard dollar so‘radi, shundan 2 milliard dollari afg‘on askarlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ular ta’minoti uchun, 700 millioni esa - harbiy xizmatchilarning ish haqiga ajratilgan. Bu orada AQSh Markaziy Osiyo mintaqasida mustahkam o‘rnashib olishga harakat qilmoqda, Pentagon bazalari va logistika markazlarini yaratish to‘g‘risida qo‘shni davlatlar bilan muzokaralar olib bormoqda.
AQSh harbiylari Rossiyaga yaqinroq joylashishga tayyorlanmoqda
Turkiya endilikda toliblarda potensial raqibni ko‘rmoqda (axir ular Istanbul tinchlik konferensiyasini buzishdi va Anqaraning Kobul aeroportida harbiy tarkibni saqlab qolish urinishlariga keskin munosabat bildirishdi).
Shu bilan birga, Turkiya TIV kuni kecha Afg‘onistondan qochqinlarni qabul qilmoqchi emasligini e’lon qildi: "Turkiya Yevropa Ittifoqining chegarachisi yoki qochqinlar lageri bo‘lmaydi".
Xitoy "tenglik" ni saqlashga intilmoqda. U toliblarni bir necha bor "al-Qoida"* va boshqa terroristik guruhlar bilan aloqalarni uzishga chaqirgan. Pekin ko‘plab xorijiy jangchilar joylashgan Badaxshondagi vaziyatdan jiddiy xavotirda. Bir kun oldin mulla Abdul G‘ani Baradar boshchiligidagi "Tolibon"* delegatsiyasi Xitoyda mamlakat TIV rahbari Van I bilan muzokaralar o‘tkazdi. Pekin mamlakat ichki ishlariga aralashmaslikka va tinch yo‘l bilan qaror topishiga yordam berishga va’da berdi.
Toliblar “amirlik” vatanparvarlari emas, Pokiston yollanma jangarilaridir
Toliblar bilan "o‘yinlar" ko‘plab xorijiy sheriklar tomonidan "Tolibon"*ni qo‘llab-quvvatlash va Afg‘onistondagi vaziyatga halokatli ta’sir ko‘rsatishda gumon qilinadigan Islomobod uchun yomon tugashi mumkin. The News International nashrining ta’kidiga ko‘ra, afg‘on toliblari Pokiston hududidan transchegaraviy hujumlar, mablag‘ yig‘ish, yosh yigitlarni piyoda askar sifatida yollash va yarador jangarilarni davolash uchun foydalangan.
* – RF hududida ta’qiqlangan terroristik tashkilot.