AQSh harbiy havo kuchlari Afg‘oniston shaharlarini bombardimon qilmoqda, toliblar hujumni kengaytirmoqda – unisi ham, bunisi ham "yo‘l-yo‘lakay" tinch aholini qirib tashlamoqda. Afg‘on qochqinlarning Markaziy Osiyoga oqimi tobora o‘sib bormoqda va Tojikiston 100 ming kishini qabul qilishga tayyor. Afg‘oniston chegaralari yaqinida O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Rossiya qo‘shinlari bir qator keng ko‘lamli manyovralar uchun to‘planishmoqda.
Afg‘oniston harbiy-havo kuchlari dushanba kuni Tojikiston bilan chegaradan 46 kilometr masofada joylashgan Talukan yaqinidagi toliblar pozitsiyalariga zarba berdi – 20dan ortiq jangarilar yo‘q qilindi. Jabrlangan tinch aholi haqida xabar berilmagan, bo‘lsa-da bu holat muqarrarligi shubha tug‘dirmaydi.
BMT Missiyasi (UNAMA) ta’kidiga ko‘ra, 2021-yilning birinchi yarmida AIRda tinch aholi o‘rtasida qurbonlar soni 5183 kishiga (1659 o‘ldirilgan va 3254 kishi yaralangan) yetgan. Bu 2020-yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 47 foizga ko‘pdir. Shu bilan bir qatorda, o‘ldirilgan va yaralanganlarni 46foizini ayollar va bolalar, 25foizini esa hukumat kuchlari qurbonlaritashkil etadi.
AQSh Harbiy havo kuchlari afg‘on armiyasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida aviazarbalar sonini oshirdi. AQSh generali Kennet Makkenzi yaqin haftalarda bombardimon qilishni davom ettirishni va’da qilmoqda va afg‘on hukumati uchun "murakkab sinovlarni" bashorat qilmoqda. Sal avval Pentagon 21 va 22-iyul kunlari amerikaliklar Afg‘onistonda 4-martadan ko‘proq aviazarba bergani haqida xabar bergan edi.
O‘z navbatida, toliblar AQSh HHKning zarbalarini qoraladi va Qandahor hamda Gilmanddagi bombardimonlar natijasida nafaqat jangarilar, balki tinch aholi ham halok bo‘lganini ta’kidlashdi. “Tolibon”* urush davom etadigan taqdirda, "o‘z hududlarini qat’iy himoya qilish" va hujumkor operatsiyalarni rivojlantirish niyatida.
O‘z navbatida, toliblar AQSh HHKning zarbalarini qoraladi va Qandahor hamda Gilmanddagi bombardimonlar natijasida nafaqat jangarilar, balki tinch aholi ham halok bo‘lganini ta’kidlashdi. “Tolibon”* urush davom etadigan taqdirda, "o‘z hududlarini qat’iy himoya qilish" va hujumkor operatsiyalarni rivojlantirish niyatida.
Urushning tugashi hech nimani anglatmaydi. Nangarhor, Paktika, Logar, G‘azni, Qandahor, Hirot, Balx, Jauzjon, Samangan, Sari-Pul, Hilmand, Badaxshon, Qunduz va Bag‘lon viloyatlarida faol jangovar harakatlar qayd etilgan. AIR hukumati jangarilarning tunda harakatlanishiga to‘sqinlik qilish maqsadida 34 provinsiyadan 31tasida komendant soatini e’lon qildi.
Shu bilan birga, Pokiston harbiy xizmatchilari toliblar nazorati ostida bo‘lgan Afg‘oniston chegara hududlarida erkin harakatlanishmoqda, ya’ni ular toliblar bilan hamkorlik qilishmoqda. Sharqiy Nangarhor viloyati gubernatori Ziya-ul-Xaq Amarxayil kuni kecha o‘ldirilgan jangarilar orasida 39 pokistonlik jasadi topilgani haqida gapirdi.
Sal avval Sputnik toliblar harakati rivojlanishida Islomobodning alohida roli haqida xabar bergan edi.
Markaziy Osiyo bo‘ylab zarba
Toliblar o‘z nazoratida bo‘lganhududlarni kengaytirishmoqda. Ular mahalliy aholini dahshatga solgan holda, ularga o‘z hukmini o‘tkazmoqda, yangidan bosib olingan hududlarning ayollari va bolalariga qulday munosabatda bo‘lib kelmoqda. Tinch aholi yangi shafqatsiz qoidalar, majburiy nikoh va voyaga yetmagan "jihodchilar"ning yollanishidan keskin xavotirda.
Jangarilar AQSh bilan hamkorlik qilgan "xoinlarni" qidirmoqda va yo‘q qilmoqda. Oldinroq Xost provinsiyasida toliblar sudsiz va tergovsiz 32 yoshli tarjimon Suhail Pardisning boshini tanasidan judo qilgandi. Yigirma ming afg‘on tarjimonlari AQShga immigratsiya vizalariga ariza tashlaganlari bejizdan emas. The Wall Street Journal gazetasi 22-iyul kuni Vashingtonning 35 ming afg‘on tarjimoni va ularning oilalarini Qatar va Quvaytdagi Amerika bazalariga joylashtirish rejasi haqida xabar berdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, kollaboratsionistlarning hammasi ham AQSh vizalari va “arab mehmondo‘stligidan” bahramand bo‘la olmaydi.
Avvalroq Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani toliblar "Al-Qoida”*, Pokistonning "Jaish-e-Muhammad”*, "Lashkar-e-Tayba” uyushmalari bilan yaqin aloqalarda bo‘lib kelayotgani va mamlakatni terrorchilar makoniga aylantirish niyatida ekanligini haqida aytgan edi. Rossiya TIV ushbu pozitsiyaga qo‘shiladi. Darhaqiqat, Afg‘onistonda o‘ttizga yaqin turli xil terroristik uyushmalar faoliyat yuritmoqda, shu jumladan 10 ming “ID” jangarisi ham. “Al-Qoida”* Afg‘onistonning 15 provinsiyasida mavjud. Ushbu "portlovchi aralashma" Kobulda qanday hukumat bo‘lishidan – amaldagimi yoki taxminan - toliblar hukumatimi, bundan qat’i nazar, tinch aholiga uzoq muddatli harbiy turbulentlikni va’da qiladi. Afg‘onistondagi xalqaro terrorizm shunchaki yo‘q bo‘lib ketmaydi.
Afg‘on qochqinlari oqimi tobora ko‘payishi uchun salohiyat juda katta. Eslatib o‘taman, 1996-2001 yillardagi "amirlik" davrida faqatgina toliblar nazorati ostida bo‘lmagan Panjshir viloyatida mamlakatning "bosib olingan" markaziy va janubiy viloyatlaridan 500 mingga yaqin qochqin bo‘lgan. Bu odamlar deyarli ochlikdan aziyat chekar, oziq-ovqat va suv yetishmas, ammo toliblar hokimiyati bundan ham battar edi. Agar ertaga "Islom amirligi" tomonidan o‘z vatanidan siqib chiqarilgan yuz minglab afg‘onlar Markaziy Osiyoda bo‘lib qolsalar, chegaradosh Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistondagi gumanitar inqiroz dahshatli haqiqatga aylanadi.
Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi rahbarining o‘rinbosari Imomali Ibroximzodaning juma kungi bayonotiga ko‘ra, respublika Tojikiston Respublikasi Mudofaa vazirligining poligonlarida 100 mingdan ortiq afg‘on qochqinlarini qabul qilish va joylashtirishga tayyor. Bu ko‘rsatkich reallikka yaqin, ammo yakuniy emas va 2021-yil oxiriga kelib u o‘n chandon ortishi mumkin- bu Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlariga zarba bermay qolmaydi. Bunday muammoni hal qilish yo‘llarini oldindan va birgalikda ishlab chiqish lozim.
Achchiqni achchiq kesadi
Toliblar qo‘shni davlatlarning chegaralarini buzmaslikka va’da berishdi, ammo Afg‘oniston shimolidagi jangovar harakatlar o‘z qonunlariga binoan rivojlanib, baribir Markaziy Osiyo hududiga "o‘rmalab o‘tmoqda". Shu bois Rossiya va uning ittifoqchilari bir qator harbiy qarshi choralarni ko‘rmoqdalar. “Tolibon”* otradlari, boshqa terroristik uyushmalar singari, faqat og‘ir artilleriya tilini yaxshi tushunadilar.
Afg‘oniston chegarasi yaqinida Markaziy Osiyo va Rossiya harbiy mashg‘ulotlari – preventiv chora bo‘lib, u Afg‘onistondagi voqealar rivoji eng salbiy ssenariylar hisobga olgan holda mintaqaviy barqarorlikni saqlashga xizmat qiladi. Rossiya Qurolli Kuchlarining maxsus birlashmalari avgust va sentabr oylarida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston qo‘shinlari bilan to‘qqizta qo‘shma manyovrlarni o‘tkazadi. Ushbu tayyorgarliklar ko‘lamini 2021-yilning aprelida bir nechta Rossiya diviziyalari va brigadalariningUkraina chegarasiga o‘tkazilishi bilan taqqoslash mumkin, ya’ni gap o‘n minglab harbiy xizmatchilar va yuzlab harbiy texnikalar haqida bormoqda.
Rossiya va Tojikiston mudofaa vazirlari Sergey Shoygu va Sherali Mirzo 24-iyul kuni tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyat va tahdidlarni zararsizlantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni muhokama qildilar. Toshkent 23-iyuldan boshlab Janubiy yo‘nalishda mustaqil ravishda o‘quv-mashqlarni o‘tkazmoqda va bu maqsad uchun amaldagi armiya va Tojikiston Respublikasi Qurolli kuchlari zaxirasidan chaqirilgan 230 minggacha harbiy xizmatchilarni jalb qilgan.
Tojikistondagi 201-Rossiya harbiy bazasi bo‘linmalari ham rejali va rejadan tashqari manyovrlar vazifalariga yechim topishmoqda.
30 iyul-10 avgust kunlari oralig‘ida mushtarak rus-o‘zbek qo‘shinlari guruhi O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida Afg‘oniston bilan chegarada "Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarining hududiy yaxlitligini saqlash vazifasi masalalari”ga yechim topadi. Rossiya tomonidan Sibir maxsus brigadasi va tinchlikparvarlik bo‘limi harbiy xizmatchilari, shuningdek Qirg‘izistondagi Rossiya birlashgan harbiy bazasining Su-25SM shturmchilari qatnashmoqda.
Deyarli bir vaqtning o‘zida Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston qo‘shinlari 5-10 avgust kunlari Tojikiston janubidagi Xatlon viloyatida joylashgan Xarb-Maydon poligonida aksilterror operatsiyasi elementlari ustida mashg‘ulot o‘tkazadilar.
Rossiyani yangi zirhli mashinalar bilan kuchaytirilgan va Suriyada jangovar tajribasiga ega bo‘lgan 201-harbiy baza qo‘shinlari (faqat professional-kontraktniklar) taqdim etadi. Aslida, ikki respublikaning qo‘shni viloyatlari hududidagi ikkita katta ko‘p millatli harbiy guruhlar hamkorlikdagi umumiy vazifani hal qiladi, bitta front bo‘lib harakat qiladi.
"Tolibon"*, "Al-Qoida"*, "ID"* va boshqa terroristik uyushmalar otradlari Markaziy Osiyo mamlakatlari hududiga kirib kelgan taqdirda ham xuddi shu tarzda qo‘shinlar operatsiyasi o‘tkaziladi.
* – RFda ta’qiqlangan terroristik tashkilot.