https://oz.sputniknews.uz/20210716/ashraf-gani-ayrim-qoshni-davlatlardan-afgoniston-ishlariga-aralashmaslikni-soradi-19706671.html
Ashraf G‘ani ayrim qo‘shni davlatlardan Afg‘oniston ishlariga aralashmaslikni so‘radi
Ashraf G‘ani ayrim qo‘shni davlatlardan Afg‘oniston ishlariga aralashmaslikni so‘radi
Sputnik O‘zbekiston
Tolibon bilan muzokaralar natijasida kuchlar muvozanati qanday bo‘ladi - bilmaymiz. Hozir biz barcha diqqatimizni bugungi kunga qaratib, o‘zimizni to‘liq Olloh... 16.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-16T11:57+0500
2021-07-16T11:57+0500
2021-07-16T13:24+0500
siyosat
markaziy va janubiy osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. tahdidlar va imkoniyatlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/10/19708919_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_1ef7b4fd6fbfb4c4c5b388576cf05c8e.jpg
TOShKENT, 16-iyul – Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar” xalqaro anjumaninida so‘zga chiqqan Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani ayrim qo‘shni davlatlardan o‘z va Afg‘oniston manfaatlari orasidagi chegarani aniq belgilashni so‘radi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.Afg‘oniston prezidenti aytishiga ko‘ra hududdagi ayrim davlatlar o‘z manfaati yo‘lida Afg‘oniston ishlariga aralashishni istaydi. Ashraf G‘ani ushbu davlatlarga quyidagi so‘zlar bilan murojaat qildi:Undan tashqari Afg‘oniston prezidenti Tolibon*ni muzokaralar o‘tkazishga taklif qilayotganini ma’lum qildi.“Biz Tolibon bilan yuzma-yuz to‘qnashishga tayyormiz, <…> lekin Tolibon*ni barcha muammolarni Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga chorlaymiz”, - dedi G‘ani.“Biz Tolibon* bilan muzokaralarda o‘z pozitsiyamizni boy bermaslikka harakat qilamiz. <…> Natijada kuchlar muvozanati qanday bo‘ladi - bilmaymiz. <…> Hizir biz barcha diqqatimizni bugungi kunga qaratib, o‘zimizni to‘liq Olloh ixtiyoriga topshirganmiz”.Anjumanning barcha ishtirokchilariga murojaat qilarkan Ashraf G‘ani hududdagi qo‘shnilar yordamida yangi Afg‘oniston qurishdan umid qilayotganini bildirdi.Afg‘on xalqi menga ishongan va men bu ishonchni oqlashga harakat qilaman. Mening asosiy vazifam davlatning barqaor rivojlanishini ta’minlashdir, deb so‘zini yakunladi Afg‘oniston prezidenti.Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan yuqori darajali xalqaro Anjumanda dunyoning 44 mamlakatidan ikkita oliy va yuqori darajali delegatsiya, 15ta parlament delegatsiyalari, 37ta TIV delegatsiyalari va 10ta vazirlik va turli yo‘nalishdagi muassasa delegatsiyalari, 180dan ortiq ishbilarmon doira vakillari tashrif buyurgan. Tadbir arafasida mehmonlar umumiy soni 600nafarga yaqin bo‘lishi e’lon qilingan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/10/19708919_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_335444fd816252bebdf6f9dd7f72b868.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, markaziy va janubiy osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. tahdidlar va imkoniyatlar
siyosat, markaziy va janubiy osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. tahdidlar va imkoniyatlar
Ashraf G‘ani ayrim qo‘shni davlatlardan Afg‘oniston ishlariga aralashmaslikni so‘radi
11:57 16.07.2021 (yangilandi: 13:24 16.07.2021) Tolibon bilan muzokaralar natijasida kuchlar muvozanati qanday bo‘ladi - bilmaymiz. Hozir biz barcha diqqatimizni bugungi kunga qaratib, o‘zimizni to‘liq Olloh ixtiyoriga topshirganmiz - Ashraf G‘ani.
TOShKENT, 16-iyul – Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar” xalqaro anjumaninida so‘zga chiqqan Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani ayrim qo‘shni davlatlardan o‘z va Afg‘oniston manfaatlari orasidagi chegarani aniq belgilashni so‘radi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Afg‘oniston prezidenti aytishiga ko‘ra hududdagi ayrim davlatlar o‘z manfaati yo‘lida Afg‘oniston ishlariga aralashishni istaydi. Ashraf G‘ani ushbu davlatlarga quyidagi so‘zlar bilan murojaat qildi:
“Biz sizlardan tayyor bo‘lib turishingizni so‘raymiz. Afg‘onistonga kuch markazi, tutashtiruvchi xab sifatida qarashingizni so‘raymiz. Bizga simpatiyangiz bo‘lmasa-da, lekin siz o‘zingizning va bizning manfaatlarimiz orasidagi chegarani aniq belgilab olishingizni so‘raymiz”, - dedi Ashraf G‘ani.
Undan tashqari Afg‘oniston prezidenti Tolibon*ni muzokaralar o‘tkazishga taklif qilayotganini ma’lum qildi.
“Biz Tolibon bilan yuzma-yuz to‘qnashishga tayyormiz, <…> lekin Tolibon*ni barcha muammolarni Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga chorlaymiz”, - dedi G‘ani.
“Biz Tolibon* bilan muzokaralarda o‘z pozitsiyamizni boy bermaslikka harakat qilamiz. <…> Natijada kuchlar muvozanati qanday bo‘ladi - bilmaymiz. <…> Hizir biz barcha diqqatimizni bugungi kunga qaratib, o‘zimizni to‘liq Olloh ixtiyoriga topshirganmiz”.
Anjumanning barcha ishtirokchilariga murojaat qilarkan Ashraf G‘ani hududdagi qo‘shnilar yordamida yangi Afg‘oniston qurishdan umid qilayotganini bildirdi.
“Biz yangi Afg‘oniston quramiz va bizga sizning yordamingiz kerak bo‘ladi. <…> Afg‘onistonda milliy kuchlar aholi tomonidan va aksariyat gubernatorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda, ko‘ngilli askarlar yollash faol ketmoqda”, - dedi Ashraf G‘ani.
Afg‘on xalqi menga ishongan va men bu ishonchni oqlashga harakat qilaman. Mening asosiy vazifam davlatning barqaor rivojlanishini ta’minlashdir, deb so‘zini yakunladi Afg‘oniston prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan yuqori darajali xalqaro Anjumanda dunyoning 44 mamlakatidan ikkita oliy va yuqori darajali delegatsiya, 15ta parlament delegatsiyalari, 37ta TIV delegatsiyalari va 10ta vazirlik va turli yo‘nalishdagi muassasa delegatsiyalari, 180dan ortiq ishbilarmon doira vakillari tashrif buyurgan. Tadbir arafasida mehmonlar umumiy soni 600nafarga yaqin bo‘lishi e’lon qilingan edi.