O‘zbekiston rus tilini esga olmoqda va rus AESi qurishga tayyorlanmoqda

Yaqin yillar ichida O‘zbekiston nafaqat o‘zining elektr enregiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi, balkim uni qo‘shni davlatlarga, masalan Afg‘onistonga eksport qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Sputnik
Yaqindagina MAGATE mutaxassislarning O‘zbekistonga uyushtirilgan 12 kunlik ishchi safari yakunlandi. Tashrif davomida xorijiy mutaxassislar nafaqat loyiha hujjatlarning tayyorligini, balkim bo‘lajak atom obyektining xavfsizligi, jumladan atom quroli tarqalishini oldini olish nuqtayi nazaridan ham, uni qo‘riqlash ishlari qanday tashkil qilinayotgani bilan tanishishdi. Turli rasmiy iboralarni chetga surib, komissiya yakuniy xulosasini bir so‘z bilan aytganda – O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi atom elektr stansiyasi qurilishiga to‘liq tayyor.
Rossiya jamiyatida O‘zbekiston haqida unchalik boy bo‘lmagan, ko‘plab erkak va ayollari Rossiyaga ishlash uchun keladigan davlat degan tushuncha mavjud. Lekin bu qisman to‘g‘ri xolos.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy ko‘rsatgichlarning barqaror o‘sishi kuzatilmoqda. Masalan 2019-yilda ichki yalpi mahsulot oldingi yilga nisbatan 5,6%ga o‘sib 57,9 mlrd. dollarga yetgan. Jahon banki xulosasiga ko‘ra, YaIMning aholi jon boshiga bo‘lgan miqdori ham 3,6 %ga oshib 1724 dollarni tashkil qilgan. Ha bu unchalik katta raqamlar emas, lekin so‘nggi oddiy bo‘lmagan 3-yilda o‘sish to‘xtovsiz davom etayotganini hisobga olganda, dinamika - yomon emas.
O‘zbekiston o‘zining birinchi AESini qurishga tayyor - MAGATE
O‘zbekiston qazilma boyliklariga boy mamlakat. Ular orasida asosiysi - gaz va ko‘mir. Gaz qazib olish bo‘yicha Respublika dunyoda 11 o‘rinda va yiliga 60 mlrd. m3 gaz qazib oladi. Undan tashqari O‘zbekistonda uran zahiralari ham ko‘p. MAGATE, baho berishiga ko‘ra, Respublika hududida 230 ming tonnaga yaqin uran zahiralari bor. Undan tashqari O‘zbekiston oltin, mis, fosforit va molibden rudalarini sanoat uslubida qazib olish bilan shug‘ullanadi. .
Shunday boyliklarga ega bo‘la turib, O‘zbekistonda doimiy ravishda elektr energiyasi taqchilligi kuzatiladi. Aksariyat hollarda bu ayrim hududlarni elektrdan uzilishiga olib keladi.
O‘zbkistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi tarkibiga ko‘z yugurtirilganda, yillik elektr ishlab chiqarish hajmi 61,6 terravat soatni tashkil qilishi va undan 85 % tabiiy gaz turbinalari orqali ishlab chiqarilishini ko‘rish mumkin. Ko‘mirda esa yana 10% elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Lekin bularning barchasi yetarli emas.
Energetika vazirligi sanoatni ta’minlash maqsadida aholiga energiya tarqatuvchi past voltli elektr tarmoqlarini vaqti-vaqti bilan o‘chirib turishga majbur bo‘lmoqda. Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan sotib olinayotgan energiya ham yetarli emas. Shu sababli ham O‘zbekiston rahbariyati “Tuzkan” AESi loyihasini ildam olg‘a surmoqda. Jizzax viloyatida qurilishi rejalashtirilgan AESda ikkita III+ avlod VVER-1200 atom reaktorlari o‘rnatish rejalashtirilgan. Ularning umumiy quvvati 2,4 gigavatni ashkil qiladi.
O‘zbekistonda AES qurilishi: shartnoma qaysi bosqichda
Ushbu yo‘nalishda Toshkent birinchi navbatda Rossiya bilan ilmiy hamkorlikdan boshladi. 2019-yilning sentabrida Toshkentda Rossiya Milliy Yadroviy universitetining filiali ochildi va u yerda yadrochi-fiziklar o‘qitila boshlandi. O‘quv tili – rus tili bo‘ldi.
Aytish joizki, yarim yil oldin O‘zbekiston hukumati Rossiyalik homiylar yordamida maktab va OTMlarda rus tilini o‘rganish sifatini oshirish bo‘yicha yirik davlat dasturini boshlagan edi. Ayni damda O‘zbekistonda Gersen nomidagi Rossiya pedagogika universitetining yuzdan ortiq o‘qituvchilari mehnat qilmoqda. Ularning oldida yaqin vaqt ichida 30 mingta mahalliy rus tili o‘qituvchilarini tayyorlash, o‘quv dasturlari va ilmiy ishlarda rus tili ulushini oshirish vazifasi turibdi.
O‘zbekiston o‘z kelajagini aqlli yoshlar bilan bog‘lagan va shu sababli bu yerda Limonosov nomli MDU, Plexanov nomidagi Iqtisodiyot universiteti, Milliy texnologik izlanishlar universiteti (MISiS), Mendeleyev nomidagi Kimyo-texnologik universitet, Gubkin nomidagi Davlat neft va gaz universitetleri filiallari ochilgan.
2020 yilning iyun oyida Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan O‘zbekistonda geologiya fanlari instituti ochilgan edi. Ushbu sohada mahalliy kadrlar yetishmasligini hisobga olganda, bu yerga ham rossiyalik mutaxassislar taklif qilinishiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Demak milliy ta’lim tizimida rus tili ahamiyati yanada ortadi.
Energetika sohasida ham O‘zbekistonning “o‘sishi” hurmatga sazovor desa bo‘ladi. Rejalashtirilgan AES ishga tushishi bilan, Toshkent nafaqat ichki energetika defitsitini qoplashi, balkim import qilinayotgan elektr energiyasi hajmini kamaytirishi va TUTAP (Turkmaniston – O‘zbekiston – Tojikiston – Afg‘oniston – Pokiston) energiya loyihasiga qo‘shilishi va elektr energiyasini eksport qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Rossiya Qozog‘istonda AES qurishga tayyor
Lekin Toshkentning umidlari faqat AESdan emas. Ayni damda O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan 8ta elektr stansiyasiga qo‘shimcha ravishda yana 8ta ES qurilmoqda. Tojikiston bilan birgalikda Zarafshon darosida umumiy qiymati 550 mln. Dollar bo‘lgan “Yevon” va “Fandare” GESlari qurilishi, Qorqalpog‘istonda 1500 megavatt quvvatga ega bo‘lgan MOda eng yirik shamol elektr starsiyasi qurilishi rejalashtirilgan.
So‘nggi yilda ko‘rilgan choralar sezilarni natijalar berdi desak xato bo‘lmaydi. Agar 2013-yildda O‘zbekiston 7,23 teravatt-soat energiya import qilgan bo‘lsa, 2018-yilga kelib ushbu ko‘rsatgich 2,23 teravatt-soatgacha tushib ketdi.
Energetik mustaqillikka erishishda Toshkent, albatta, faqat Rossiya bilan hamkorlik qilish bilan cheklanayotgani yo‘q. Qoraqalpog‘istondagi shamol elektr stansiyasini Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi bilan, Toshkent va Buxoroda yangi qurilayotgan IESlarni Turkiyaning Aksa Enerji Uretim A.5 kompaniyasi bilan amalga oshirmoqda. Lekin eng muhim loyihalar, so‘zsiz Rossiya bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.
Toshkent xom-ashyo eksportidan voz kechishga jiddiy kirishgan. Ya’ni xorijga faqat gaz sotishni to‘xtatmoqda. Bugungi kunda qazib olinayotgan 60 mlrd. m3 gazning faqat 8 milliardi Xitoyga, 4,5 milliardi Rossiyaga va 2,5 milliardi Qozog‘istonga jo‘natilmoqda. O‘zbekiston 2025-yilga qadar gaz eksportidan to‘liq voz kechishga qaror qilgan. Gaz o‘rniga undan ishlab chiqarildigan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqariladi. Bunda ham Rossiya yordam beradi.
Peterburgda bo‘lib o‘tgan XXIV xalqaro iqtisodiy forum doirasida O‘zbekiston bir necha Rossiya kompaniyalari bilan MDHda eng yirik gaz-kimyo majmuasi qurish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Buxoro viloyatida qurilishi rejalashtirilgan korxonada yangi MTO – metanoldan olefinlar ishlab chiqarish texnologiyasi asosida yiliga 720 ming tonna zamonaviy polimerlar ishlab chiqariladi.
Shavkat Abdukamilov: O‘zbekiston bo‘lajak AES ishonchliligiga shubha qilmaydi
Shuningdek “Gazprom” Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasini modernizatsiya qilish uchun O‘zbekistonga 300 million dollarlik kredit ajaratishini e’lon qilgan edi. Ushbu korxona Sho‘rtan gaz-kondensat koni asosida ishlaydi va modernizatsiyadan so‘ng 430 tisach ming tonna polietilen va 280 ming tonna polipropilen ishlab chiqaradi.
SSSR tarqalib ketganidan so‘ng O‘zbekistonni va sobiq Ittifoqning boshqa respublikalarni rus tilida so‘zlashadigan millatlar tark eta boshladi. Mahalliy elitalar o‘z davlatlarida turli darajada millatchilikni targ‘ib qila boshlashdi. Lekin biroz o‘tib, rus tili unutilgan davlatlarda barcha sohalarda susayish va degradatsiya kuzatila boshladi. Bunga yaqqol misol Ukraina bo‘lishi mumkin. Ushbu davlatda yovvoyi millatchilik va rus tiliga nafrat – raketasozlik, okeanografiya ekspeditsailari va ko‘mirni gazifikatsiya qilish sohalarida ilmiy ishlarning to‘xtatilishiga olib keldi.
Bugungi O‘zbekiston esa – Rossiya bilan hamkorlikdan samarali foydalanishning yaqqol misoli bo‘lishi mumkin. Buning uchun oldingi “millatlar qardoshligi” ham kerak emas ekan, o‘z vataniga muhabbat va rus tilini esga olsa bas.