O‘zbekistonda AES qurilishi: shartnoma qaysi bosqichda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMaket AES
Maket AES  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublikada atom elektr stansiyasini qurish to‘g‘risida shartnoma deyarli tayyor, texnik jihatlari qoldi – Rossiya elchisi.

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Respublikada atom elektr stansiyasini qurish to‘g‘risida shartnoma deyarli tayyor, texnik jihatlari qoldi. Bu haqda Rossiya elchisi Vladimir Turdenev 2020-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Maket AES  - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada “O‘zatom” delegatsiyasi O‘zbekiston AES loyihasini muhokama qiladi

2018 yil sentabr oyi boshida O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari respublika hududida atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladilar. "Rosatom" davlat korporatsiyasi VVER-1200 reaktorlari bilan "3+" avlodi 2ta energiya bloklari kompleksini qurish rejalashtirmoqda.

Stansiya qurish uchun Jizzax viloyatining Tuzkan ko‘li yaqinidagi joy tanlangan.

Tomonlar hozirda qo‘shimcha masalalar ustida ish olib bormoqda: xususan, bo‘lajak stansiya uchun suv iste’molini kamaytirish masalasi.

"Ammo sizlarni ishontirib aytishim mumkinki, ikkala tomon ham loyihani amalga oshirish kerakligidan kelib chiqmoqda. Bu barcha darajalarda tasdiqlangan. Loyihani amalga oshirilishning texnik jihatlari bo‘yicha masala qolmoqda", - deya qo‘shimcha qildi diplomat.

2019 yil fevral oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-2029 yillarda mamlakatda atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqladi. Hujjatda Rossiya hukumati krediti bilan 2022-yilda atom elektr stansiyasining qurilishi boshlanishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0