TOShKENT, 21-iyul – Sputnik. kecha 20-iyul kuni bo‘lib o‘tgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Namangan va Andijonda kuchli sel kelish va suv basish holatlari kuzatildi, deb xabar qilmoqda mahalliy telegram kanallar hamda
Uzb_meteo.
Xususan, 20-iyul kuni soat 18:20 dan so‘ng Namangan viloyatining Uychi, Namangan, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on tumani hududlarida hamda Andijon viloyatining ayrim hududlarida kuchli jala yog‘inlari yog‘ib o‘tdi.
Shundan so‘ng Namangan viloyati Kosonsoy tumanidan oqib o‘tuvchi ''Kosonsoy'' soyiga sel keldi, Namangan shahrida do‘l yog‘ishi va ko‘chalarni suv bosishi kuzatildi.
Namangan viloyati Pop tumani tog‘li Imomota(Parda Tursin qishlog‘i) MFY hududlarida soat 20:10 hamda 21:05 oralig‘ida kuchli jala yog‘inlar tufayli, qishloq hududlaridan oqib o‘tuvchi ''Kengqulsoy'' soyiga sel kelgan. Ushbu sel oqibatida 4 ta avtomobil sel oqib kelgan.
Tumanning Qo‘qimboy hududlarida yog‘ib o‘tgan ko‘p miqdordagi yog‘inlar tufayli, Bo‘ston mahallasidagi ayrim aholi yashash xonadonlariga suv kirib borganligi aytilmoqda.
Namangan viloyati Davlatobod tumani. Davlatobod tumanining yangi Yuksalish massivida ham kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng yo‘llarni suv bosdi.
Kuchli sel natijasida jabrlangan yoki halok bo‘lganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hozircha ochiqlanmagan.
Namangan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi aholidan shu kunlarda tog‘li hududlariga dam olish uchun chiqmasliklarini so‘ramoqda.
Andijon viloyati Andijon tumanida kuchli yog‘ingarchiliklar ortidan, suv bosish hodisalari kuzatildi.