TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. LDPR fraksiyasi rahbari, deputat Vladimir Jirinovskiy Markaziy Osiyo mamlakatlarida istiqomat qiluvchi rossiyaliklarga e’tibor qaratishga chaqirdi.
Siyosatchi o‘zining Telegram-kanalida Afg‘onistonda vaziyat ziddiylashgani va Markaziy Osiyo mamlakatlariga ekstremistik uyushmalarning o‘tib ketishi xatari oshgani munosabati bilan Rossiyaga ko‘chib o‘tishni xohlovchilarga yordam berish zarurligi to‘g‘risida yozib qoldirgan.
"Buning uchun Rossiya TIV Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi elchixonalarimizga ko‘chishni istovchilarga 2 hafta ichida Rossiya Federatsiyasi pasportlarini rasmiylashtirish haqida topshiriq berishi mumkin", - degan Jirinovskiy.
Deputat ilgariroq ham Afg‘oniston va Markaziy Osiyodagi vaziyat rivoji haqida o‘z fikrlarini bildirgan.
Jumladan, Jirinovskiy Tojikistondagi Rossiyaning 201-harbiy baza - Afg‘onistondan terrorchilar hujumini tiyib turgan yagona sabab ekanligi haqida gapirgan. Shuningdek, siyosatchi, toliblar mamlakat uchun kurashda ustun kelishlarini prognoz qilgan.