Usmonxon Alimovning sog‘lig‘i bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi muftiy Usmonxon Alimovning sog‘lig‘i bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi muftiy Usmonxon Alimovning sog‘lig‘i bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
“Shu kunlarda Internet va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining salomatliklari to‘g‘risida turli asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan xabarlar tarqatilayotgani kuzatilmoqda.
Usmonxon Alimov navbatdagi bor dunyoning eng obro‘li musulmonlari ro‘yxatiga kiritildi
Ma’lum qilamizki, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining salomatliklarini yaxshilash uchun navbatdagi davolanish muolajalari amalga oshirilmoqda. Malakali tibbiyot mutaxassislari va shifokorlar tomonidan hazratning sog‘liqlari muntazam kuzatib borilmoqda hamda davolanish bosqichlari o‘tkazilmoqda. Alloh taologa shukrki, ayni paytda muftiy hazratlarining sihatlari barqarordir.
Odamlar orasida har xil asossiz va voqelikka to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on xabarlarni tarqatish muborak Islom dinimizda gunoh sanalishi, qonunchilikda esa javobgarlikka sabab bo‘lishini yana bir bor eslatamiz”, - deyilgan xabarda.