TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Moskvada “Kuzminki” metro bekati oldidagi ommaviy mushtlashuvda 200 nafarga yaqin Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistondan bo‘lgan fuqarolar qatnashgan. Bu Kuzminki sudi qarorida aytilgan, deb yozadi RIA Novosti.
Voqea 12-iyul kuni tunda sodir bo‘lgan edi. Rossiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 102 nafar migrant qo‘lga olingan va ularni Rossiyadan chiqarib yuborish rejalashtirilmoqda.
Ommaviy mushtlashuv vaqtida migrantlar ko‘chaga yugurib chiqib, avtomobil va yo‘lovchilar harakatiga xalaqit berishgan.
Kuni kecha sud mushtlashuvning birinchi olti nafar qatnashchisini kelishilmagan mitingda ishtirok etganlik uchun 15 sutkaga qamagan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ommaviy mushtlashuvda mamlakat fuqarolari ishtirok etmagani xabar qilingan edi.