TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Moskvadagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan migrantlar sud qaroriga ko‘ra mamlakatdan chiqarib yuboriladi.
RF Ichki ishlar vazirligi Moskvadagi "Kuzminki" metro stansiyasi yaqinida yuz bergan mushtlashuvdan so‘ng 103 kishi politsiyaga olib kelinganligini tasdiqladi.
Migrantlar jarimaga tortiladi va mamlakatdan chiqarib yuboriladi, ayrim esa Rossiyaga kirishga taqiq qo‘yiladi.
Bugun kechasi “Kuzminki” metro stansiyasida Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan migrantlar ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz berdi, taxminlarga ko‘ra unda 200-400 nafar kishi qatnashgan.
Ayrimlari jiddiy jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan.
Ularning barchasi mayda bezorilikda va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillariga bo‘ysunmaslikda ayblanmoqda. Buning uchun 2,5 ming rublgacha jarima yoki 15 sutka “qamoq” berilishi mumkin.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ommaviy mushtlashuvda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etmagan.