Prezident paralimpiyachilar va qiz sportchilar sonini oshirishni topshirdi

Shavkat MIrziyoyev sport maktablari va Olimpiya zahiralari kollejlarida mavjud muammolarni tahlil qilib, ularni hal qilishvazifasini qo‘ydi.
Sputnik
TOShKENT, 10-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-iyul kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdi Olimpiya zahiralarini tayyorlash masalalari bilan tanishib chiqdi.
Prezident, xususan, 2024-yili Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerakligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston sportchilari orasida, qizlar uchun kvotani ko‘paytirish orqali Xalqaro olimpiya qo‘mitasining gender tenglikka doir talablarini qondirish vazifasi qo‘yildi.
Undan tashqari Respublikadagi sport muassasalarining Paralimpiya bo‘limlariga 10 %gacha qo‘shimcha kvota ajratilishi hamda ota-onalar tomonidan to‘lov tartibi bekor qilinishi belgilandi.
Shu bilan birga O‘zbekiston Olimpiya zahiralari va boshqa sport maktablarida mavjud muammolar ham tahlil qilindi. Ular orasida malakali o‘qituvchilar yetishmasligi, murabbiylar malakasini oshirish, xorijlik mutaxassislarni jalb qilish, sport ta’limi muassasalarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, zamonaviy jihozlar va sport adabiyotlari bilan ta’minlash zarurligi qayd etildi.
Undan tashqari sportchilarning jismoniy, tibbiy va ruhiy holatini hamda farmakologik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Tokio Olimpiadasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan sportchilar soni 67taga yetdi
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 15 ta olimpiya zaxiralari kolleji, 344 ta sport maktabi va 7 ta oliy sport mahorati maktabi faoliyat yuritmoqda. Ularda 380 ming nafar yoshlar 100 dan ortiq sport turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda.
So‘nggi uch yilda Olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilari xalqaro musobaqalarda 723 ta, respublika turnirlarida 10 mingdan ziyod medallarni qo‘lga kiritgan. Qariyb 4 ming 500 nafar o‘quvchi O‘zbekiston milliy terma jamoalariga qabul qilingan.